AMERIKA XALQARO TA’LIM KENGASHI BILAN STRATEGIK SHERIKLIKKA ERISHILDI
18.06.2026O‘zbekiston davlat jahon tillari universitetiga Amerika Xalqaro Ta’lim Kengashining Oliy ta’lim dasturlari bo‘limi rahbari Grehem Xettinger hamda tashkilotning O‘zbekistondagi vakolatxonasi rahbari Dinara Seitnazarova tashrif buyurdi.

Muloqot davomida tomonlar AQSH universitetlari o‘qituvchi va talabalari uchun almashinuv dasturlarini yo‘lga qo‘yish, professor-o‘qituvchilarning malakasini oshirish, qo‘shma ta’lim loyihalarini amalga oshirish hamda boshqa istiqbolli yo‘nalishlarda hamkorlikni rivojlantirish masalalarini muhokama qildilar.
Uchrashuv yakunida Amerika Xalqaro Ta’lim Kengashi bilan talabalar va professor-o‘qituvchilar almashinuvi dasturlarini amalga oshirish, malaka oshirish kurslarini tashkil etish hamda xalqaro akademik hamkorlikni kengaytirish bo‘yicha dastlabki kelishuvlarga erishildi.


