ANQARA: 2023-YILDAGI QADIMIY NOMA’LUM TIL KASHFIYOTI

20.05.2026

2023-yilda Turkiyada olib borilgan arxeologik qazishmalar davomida ilgari noma’lum bo‘lgan hind-yevropa tili kashf etildi.

Vyursburg universiteti press-relizida xabar berilishicha, ushbu til Turkiyaning shimoliy-markaziy qismida joylashgan va UNESCOning Jahon merosi ro‘yxatiga kiritilgan hududda topilgan. Kashfiyot ishtirokchilaridan biri, qadimgi Yaqin Sharq bo‘yicha mutaxassis professor Daniel Shvyomerning so‘zlariga ko‘ra, yangi til Xett poytaxti Xattusaning shimoli-g‘arbida joylashgan Kalasma viloyatining tili sifatida tilga olinadi.

“Xettlar marosimlarni xorijiy tillarda yozib qoldirishga alohida qiziqish bildirishgan”, — deb tushuntirdi Daniel Shvyomer yangi tilning kashf etilishini.

Keyinchalik, 2024-yilda Maynts Fanlar va adabiyot akademiyasi a’zosi Elizabet Riken lavha ustidagi yozuvni o‘qish va uni dastlabki izohlash haqida yozdi.

“Ushbu talqinga ko‘ra, so‘zlovchi murojaat qilayotgan ilohiyotni — taxminan “ob-havo (yog‘in) xudosi”ni — nazrlarni qabul qilishga taklif etadi va buning evaziga uning marhamati hamda farovonlik ato etishini so‘raydi”, — deya xabar berdi Elizabet Riken.

Olimlarning fikricha, hind-yevropa tillari eng ko‘p o‘rganilgan tillardan biri hisoblanadi va bu yo‘nalishda endi yangi kashfiyotlar bo‘lmaydi, deb o‘ylashgan. Shunga qaramay, Turkiyadagi ushbu topilma qadimiy tillarni tadqiq qilish va kashf etish sohasida hali yangi xabarlar paydo bo‘lishi mumkinligini ko‘rsatmoqda.

Kseniya BORISOVA
O‘zDJTU talabasi