BANGLADESH ELCHISI BILAN TA’LIM SOHASIDA HAMKORLIK MASALALARI MUHOKAMA QILINDI
18.06.2025Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri Qo‘ng‘irotboy Sharipov Bangladesh Xalq Respublikasining O‘zbekistondagi favqulodda va muxtor elchisi Mohammad Monirul Islam bilan uchrashdi.


Uchrashuv davomida Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti bilan Bangladeshdagi oliy ta’lim muassasalari o‘rtasidagi mavjud aloqalarni yanada kengaytirish, qo‘shma ta’lim dasturlarini yaratish va ikki diplomli o‘qish tizimini joriy etish taklif etildi. Shuningdek, professor-o‘qituvchilar va talabalar o‘rtasida almashinuv dasturlarini yo‘lga qo‘yish masalalari muhokama markazida bo‘ldi.
Shu bikan birga, tomonlar qishloq xo‘jaligi, sog‘liqni saqlash, axborot texnologiyalari hamda muqobil energiya sohalarida qo‘shma ilmiy izlanishlar olib borish, shuningdek, birgalikda ilmiy-amaliy konferensiyalar o‘tkazish yuzasidan o‘zaro fikr almashdi.
Uchrashuvda innovatsion ekotizimni rivojlantirish, texnoparklar va startaplar faoliyati bo‘yicha tajriba almashish, sun’iy intellekt hamda raqamli iqtisodiyot sohalarida qo‘shma loyihalarni amalga oshirish masalalari muhokama qilindi. Yakunda hamkorlikni muvofiqlashtirish uchun qo‘shma ishchi guruh tuzish va amaliy hujjatlar tayyorlash bo‘yicha kelishuvga erishildi.

No Comments so far
Jump into a conversationNo Comments Yet!
You can be the one to start a conversation.