Joriy yilning 10-iyul kuni soat 10:00 da Toshkent davlat iqtisodiyot universitetida bitiruvchi kurs talabalari uchun muvaffaqiyatga erishgan taniqli tadbirkorlar bilan “Biznes marafon” motivatsion seminar-treninglari tashkil etiladi.

Soha vakillari va mutasaddilar tomonidan talabalar bilan ochiq muloqot, kasbga yo‘naltirish va bandlik masalalari muhokama qilinib, ishga joylashish, amaliyot hamda tavsiyanomalar bo‘yicha kerakli taklif va ma’lumotlar beriladi.
Kelajagingiz haqida birga o‘ylaymiz!
Toshkent shahridagi barcha bitiruvchi yoshlar uchrashuvga taklif etiladi.
No Comments so far
Jump into a conversationNo Comments Yet!
You can be the one to start a conversation.