CYBER UNIVERSITETI AQSHNING NUFUZLI OLIYGOHLARI BILAN MEMORANDUM IMZOLADI
03.06.2025Yangi tashkil etilgan Cyber universiteti AQShning eng nufuzli oliygohlaridan bo‘lgan Stanford hamda Washington universitetlari bilan Hamkorlik memorandumlarini imzoladi.
Dastlabki hamkorlik bitimi Stanford universitetining muhandislik fakulteti global va onlayn ta’lim markazi bilan tuzilgan bo’lsa, 2025-yil 26-may kuni Washington universiteti bilan ham xalqaro darajadagi hamkorlik memorandumi imzolandi.

Erishilgan kelishuvlar natijasida zamonaviy IT-ta’limi, sun’iy intellekt, kiberxavfsizlik va raqamli iqtisodiyot yo‘nalishlarida qo‘shma loyihalar, ilmiy tadqiqotlar, o‘quv dasturlari va akademik almashinuvlar yo‘lga qo‘yiladi.


Cyber University raqamli zamonda yuqori malakali mutaxassislar tayyorlashda xalqaro hamkorliklar doirasida muhim qadamlar tashlamoqda. Bu esa universitetning rivojlanishi va O‘zbekiston ta’lim tizimining taraqqiyoti uchun katta imkoniyatlar ochadi.
No Comments so far
Jump into a conversationNo Comments Yet!
You can be the one to start a conversation.