ERKINJON TURDIMOV: TA’LIMDAGI HAR BIR O‘ZGARISH YOSHLAR HAYOTIDA SEZILISHI KERAK

12.10.2026

Bugun O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi o‘rinbosari — ta’lim va ilm-fan vaziri Erkinjon Turdimov vazirlik tizimi xodimlari bilan uchrashuv o‘tkazdi.


Muloqotda yoshlar, o‘quvchi va talabalarni qiynayotgan masalalarni o‘rganish, ularning dardini eshitish, sifatli ta’lim olishi uchun yanada yaxshi sharoit yaratishga alohida e’tibor qaratildi.

Bola bog‘chaga borishi, o‘quvchi maktabda puxta bilim olishi, talaba esa egallagan bilimi va kasbi bilan hayotda o‘z o‘rnini topishi kerak. Shu maqsadda maktabgacha ta’lim qamrovini kengaytirish, ta’lim sifatini oshirish, yoshlarni kasbga tayyorlash va ilm-fanga qiziqishini qo‘llab-quvvatlash masalalari muhokama qilindi.

Oʻqituvchining jamiyatdagi obro‘yi va nufuzini yuksaltirish, uning mehnati qadrlanishi, oʻz ustida ishlashi va bor eʼtiborini taʼlimga qaratishi uchun munosib sharoit yaratish ham muhim vazifalardan biri sifatida qayd etildi.