BILIMLAR KUNI: YANGI O‘QUV YILI EZGU TILAKLAR BILAN BOSHLANDI

02.09.2026

Bugun, 2-sentabr kuni yurtimizdagi barcha umumta’lim muassasalarida yangi 2026/2027-o‘quv yili boshlandi.

Bilimlar kuni munosabati bilan Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vaziri o‘rinbosari O‘ktam Salomov poytaxtimizning Yashnobod tumanidagi 61-sonli umumiy o‘rta taʼlim maktabida bo‘lib, o‘quvchilarni yangi o‘quv yili bilan samimiy qutladi.

Tadbir davomida o‘quvchilarga yangi o‘quv yilida muvaffaqiyatlar, ulkan zafarlar va yuksak natijalar tilandi. Shuningdek, bugungi kunda yoshlarning puxta bilim olishi, ilm-fan yutuqlarini egallashi, zamonaviy bilim va ko‘nikmalarni o‘zlashtirishi hamda o‘z ustida muntazam ishlashi muhim ahamiyat kasb etishi alohida taʼkidlandi.

Bayram tadbirida o‘quvchilarning quvonchi, ustozlarning ezgu tilaklari hamda yangi o‘quv yiliga bo‘lgan yuksak ishonch va ko‘tarinki kayfiyat yaqqol namoyon bo‘ldi.