GYOTE INSTITUTI VAKILLARI BILAN UCHRASHUV BO‘LIB O‘TDI

07.09.2026

O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti rektori I. Tuxtasinov Gyote institutining O‘zbekistondagi vakolatxonasi rahbari Barbara Anna Bernsmeier boshchiligidagi delegatsiya bilan uchrashdi.

Muloqotda Gyote markazini tashkil etish, nemis tili o‘qituvchilari uchun seminar va malaka oshirish kurslarini yo‘lga qo‘yish, til testlarini tashkil etish hamda xalqaro hamkorlikni kengaytirish masalalari muhokama qilindi.

Tomonlar nemis tilini o‘qitish sifatini oshirish va yangi qo‘shma loyihalarni amalga oshirishga tayyor ekanliklarini bildirdilar.