ILMIY VA AKADEMIK HAMKORLIKNI RIVOJLANTIRISHGA BAG’ISHLANGAN XXI XALQARO PEDAGOGIK FORUM
28.09.2026Is’hoqxon Ibrat nomidagi Namangan davlat chet tillari institutining Rus tili va adabiyoti kafedrasi dotsenti Mirzanazarova Aziza Mirzaabdullayevna Yekaterinburg shahrida stajirovka o‘tash bilan birga, XXI Xalqaro pedagogik forum ishida faol ishtirok etmoqda.


Forum doirasida zamonaviy ta’limning dolzarb masalalariga, jumladan, sun’iy intellekt texnologiyalarining jadal rivojlanishi sharoitida yosh avlodni o‘qitish va tarbiyalashning o‘ziga xos jihatlariga bag‘ishlangan ilmiy-amaliy tadbirlar, munozara maydonlari va mahorat darslari tashkil etildi.
Forumdagi ishtiroki bilan bir qatorda, A. Mirzanazarova Ural davlat universiteti hamkasblari bilan uchrashuvlar o‘tkazdi. Uchrashuvlarda ilmiy-ta’limiy hamkorlikni yanada rivojlantirish masalalari yuzasidan konstruktiv fikr almashildi.
