IOI 2026 – O‘ZBEKISTONDA ILK BOR!

13.08.2026

Toshkent shahrida 38-Xalqaro Informatika Olimpiadasining (IOI 2026) tantanali ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi.

Bu yilgi olimpiada tarixiy rekordni qayd etib, 97 dan ortiq mamlakatdan 386 nafar ishtirokchi va jami 900 dan ziyod qatnashchini birlashtirdi.

Tadbirning O‘zbekistonda – algebra va algoritm tushunchalarining rivojiga ulkan hissa qo‘shgan buyuk alloma Muhammad al-Xorazmiy vatanida o‘tkazilishi alohida ramziy ahamiyatga ega.

O‘zbekiston mezbon davlat sifatida olimpiadada saralangan 8 nafar iqtidorli yoshdan iborat ikki milliy jamoa bilan ishtirok etmoqda.

IOI 2026 — nafaqat yosh dasturchilar uchun yirik xalqaro maydon, balki O‘zbekistonning raqamli transformatsiya, IT va yoshlar salohiyatini rivojlantirishdagi yutuqlarini dunyoga namoyish etuvchi muhim voqeadir.