ISPANIYADA O‘ZBEKISTONNI TARG‘IB ETUVCHI XALQARO ANJUMAN BO‘LIB O‘TDI

31.07.2025

Ispaniyaning Vigo shahrida “O‘zbekiston kunlari” doirasida Farg‘ona davlat texnika universiteti tashabbusi bilan xalqaro targ‘ibot tadbiri o‘tkazildi.

Unda elchi Farrux Tursunov, Vigo universiteti rahbariyati, O‘zbekistonning 5 ta OTM vakillari hamda Ispaniyaning ilmiy, madaniy va ishbilarmon doiralari ishtirok etdi.

Tadbir doirasida milliy hunarmandchilik mahsulotlari, madaniy qadriyatlar ko‘rgazmasi, shuningdek, O‘zbekistonning investitsion, ilmiy va turistik salohiyati taqdim etildi. YUNESKOning 43-sessiyasi ilk bor Samarqandda o‘tkazilishi haqida ham ma’lumot berildi.

Tadbir oliy ta’limning xalqaro maydondagi o‘rnini mustahkamlash, ta’lim diplomatiyasi va madaniy almashinuvni kengaytirishga xizmat qiladi.

No Comments so far

Jump into a conversation

No Comments Yet!

You can be the one to start a conversation.

Your data will be safe!Your e-mail address will not be published. Also other data will not be shared with third person.

one × 4 =