KANADANING VANKUVER OROLI UNIVERSITETI PROFESSORI BILAN UCHRASHUV BO‘LIB O‘TDI
03.09.2025O‘zbekiston davlat jahon tillari universitetida Kanadaning Vankuver oroli universiteti professori, akademik va migratsiya masalalari bo‘yicha maslahatchi Ergasheva Mahbuba Temirovna bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.


Suhbat chogʻida ikki tomonlama hamkorlikning ustuvor yoʻnalishlari muhokama qilindi. Jumladan, Kanadaning yetakchi oliy taʼlim muassasalari (Toronto, Alberta, Ottawa, Waterloo, McGill universitetlari) bilan aloqalarni yoʻlga qoʻyish, talabalar, professor-oʻqituvchilar va ilmiy tadqiqotchilar almashinuvini tashkil etish, shuningdek ingliz va fransuz tili oʻqituvchilari uchun malaka oshirish kurslarini yoʻlga qoʻyish hamda ularni OʻzDJTUga jalb qilish masalalari koʻrib chiqildi.

Shuningdek, qoʻshma taʼlim dasturlari va yozgi maktablar tashkil etish, ilmiy tadqiqotlar sohasida hamkorlikni rivojlantirish, jumladan maqolalar chop etish, qoʻshma ilmiy rahbarlik, taqrizlar tayyorlash, xalqaro konferensiya va seminarlarni oʻtkazish istiqbollari muhokama qilindi.
Muloqot davomida, Kanada maktab, kollej va universitetlari bitiruvchilarini OʻzDJTUning litsey, bakalavriat, magistratura va doktorantura bosqichlarida taʼlim olishga jalb etish, shuningdek yoshlar forumlari, festivallari hamda turli tanlovlarda hamkorlikda ishtirok etish masalalari ham alohida taʼkidlandi.
Mazkur uchrashuv OʻzDJTU va Kanadaning nufuzli taʼlim muassasalari oʻrtasida yangi hamkorlik aloqalarini yoʻlga qoʻyishda muhim qadam boʻlib xizmat qilishi kutilmoqda.
No Comments so far
Jump into a conversationNo Comments Yet!
You can be the one to start a conversation.