MAKTAB O‘QITUVCHISI AQSHDA MALAKA OSHIRISH IMKONIYATINI QO‘LGA KIRITDI

22.01.2025

Buxoro viloyati Qorakol tumanidagi 41-ixtisoslashtirilgan davlat umumtaʼlim maktabi ingliz tili fani oʻqituvchisi Yelena Azimjonova AQSHda malaka oshirish imkoniyatini qoʻlga kiritdi.

U «Fulbright Teaching Excellence and Achievement (Fulbright TEA) American Embassy» dasturi doirasida AQSHning eng nufuzli universitetlardan biri — «University of Massachusetts»da pedagogik mahoratini oshirish uchun grant sohibi boʻldi.