MALAYZIYADA AKADEMIK HAMKORLIK ISTIQBOLLARI MUHOKAMA QILINDI
21.04.2026Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti G‘arb tillari kafedrasi o‘qituvchilari hamda Ilmiy ishlar bo‘yicha boshqarma boshlig‘i Xulkar Mirzahmedova Malaya universiteti Ingliz tili kafedrasi rahbari Dr. Kok Su Mei bilan uchrashuv o‘tkazdilar.


Muloqot davomida tomonlar o‘zaro akademik hamkorlikni rivojlantirish istiqbollari yuzasidan fikr almashdilar. Xususan, kelgusida onlayn va oflayn darslarni tashkil etish, ilmiy maqolalar chop etish hamda qo‘shma loyihalarni yo‘lga qo‘yish masalalari muhokama qilindi.
Uchrashuv ikki oliy ta’lim muassasasi o‘rtasidagi xalqaro hamkorlikni mustahkamlash va ilmiy-akademik aloqalarni yanada kengaytirish yo‘lida muhim qadam bo‘lib xizmat qildi.

