NAMANGAN DAVLAT TEXNIKA UNIVERSITETIDA “IELTS MARATHON WEEK” TASHKIL ETILDI

22.06.2026

Namangan davlat texnika universitetida O‘zbekiston yoshlar ittifoqi Namangan viloyati Kengashi, Yoshlar ishlari agentligi Namangan viloyati boshqarmasi, Edu-Action Exams Center hamda Ibrat Academy hamkorligida “IELTS marafon haftaligi” tashkil etildi..

Haftalik marafon doirasida IELTS imtihonida yuqori natijalarga erishgan mutaxassislar talabalar bilan o‘z tajribasi, samarali tayyorgarlik usullari hamda amaliy tavsiyalari bilan o‘rtoqlashdi.

Bunday tadbirlar yoshlarning xorijiy tillarni o‘zlashtirish darajasini oshirishga, talabalarni xalqaro imtihonlarga puxta tayyorlashga, ularning ta’lim va kasbiy imkoniyatlarini kengaytirishga, shuningdek, bitiruvchilarning xalqaro mehnat bozoridagi raqobatbardoshligini yuksaltirishga xizmat qiladi.