OʻZBEKISTON YOSHLARI XALQARO ROBOTOTEXNIKA MUSOBAQASIDA YANA BIR YIRIK YUTUQNI QOʻLGA KIRITDI
29.07.2026Xitoyning Xaynan provinsiyasi, Sanya shahrida boʻlib oʻtgan 2026 World Robot Contest (WRC) Championships va FIRST Tech Challenge (FTC) China Offseason Event xalqaro musobaqalarida Oʻzbekiston yoshlari munosib ishtirok etdi.

Toshkent davlat transport universiteti talabalari «Runner Up» yoʻnalishida 2-oʻrinni egallab, kumush medal sohibiga aylandi. Shuningdek, jamoamiz «Eng faol va namunali jamoa» nominatsiyasi bilan ham taqdirlandi.
Musobaqada mamlakatimiz nomidan Olmaliq davlat texnika instituti, Toshkent davlat transport universiteti hamda Buxoro davlat texnika universiteti yoshlari qatnashdi.
25 dan ortiq davlatdan 10 mingdan ziyod ishtirokchi qatnashgan nufuzli chempionatda qoʻlga kiritilgan ushbu natija oʻzbekistonlik yoshlarning muhandislik, robototexnika va innovatsiyalar sohasidagi salohiyati yuksalib borayotganini yana bir bor namoyon etdi.



