OKSFORD UNIVERSITETI BILAN NUFUZLI XALQARO HAMKORLIK DAVOM ETMOQDA
20.04.2026University of Oxford Faculty of Asian and Middle Eastern Studies huzuridagi Eronshunoslik kafedrasi professorlari – Edmund Herzig, Farniyaz Zaker hamda Ani Beyt-Movsess Toshkent davlat sharqshunoslik universitetiga tashrif buyurdi.


Uchrashuv davomida tomonlar Eronshunoslik va afg‘onshunoslik yo‘nalishlaridagi ta’lim va ilmiy faoliyat yuzasidan fikr almashib, oliy maktablar va kafedralar tarixi, professor-o‘qituvchilar tarkibi, ta’lim dasturlari hamda o‘qitiladigan fanlar haqida batafsil ma’lumot berdilar.
Mazkur tashrif ikki oliy ta’lim muassasasi o‘rtasidagi ilmiy hamkorlikni yanada mustahkamlash va kelgusida qo‘shma loyihalarni rivojlantirishga xizmat qiladi.

