O‘ZBEK-FRANSUZ UNIVERSITETIDA BAKALAVRIATGA QABUL DAVOM ETMOQDA!
23.09.20262026/2027-o‘quv yili uchun O‘zbek-Fransuz universitetining “Biznesni boshqarish” bakalavriat ta’lim dasturiga qabul davom etadi.
Ariza topshirish muddati — 5-oktabrgacha.

Abituriyentlar:
– O‘rta ta’limni tamomlagan bo‘lishi;
– Ingliz tili va matematika fanlaridan kirish imtihonlarini topshirishi;
– Xorijiy til sertifikati talab etilmaydi, biroq mavjud sertifikat qo‘shimcha ustunlik beradi;
– Fransuz tilini oldindan bilish talab etilmaydi;
– Ta’lim jarayoni to‘liq ingliz tilida olib boriladi;
– Fransuz tili fan sifatida o‘quv dasturi davomida o‘qitiladi.
Ta’lim shakli: kunduzgi
Davomiyligi: 4 yil
Muhim: 2026/2027-o‘quv yilida mazkur dasturga qabul qilingan barcha talabalar uchun 30 foizlik chegirma taqdim etiladi.
Talabalar uchun Fransiyadagi hamkor oliy ta’lim muassasalarida semester davomida tahsil olish va almashinuv dasturlarida ishtirok etish imkoniyatlari ham mavjud.
Bitiruvchilar xalqaro tashkilotlar, Fransiyaning O‘zbekistondagi kompaniyalari hamda iqtisodiyotning turli sohalarida faoliyat yuritishi mumkin.
Bitiruvchilarga O‘zbekiston Respublikasi davlat namunasidagi diplom beriladi.
