O‘ZBEKISTON DAVLAT JAHON TILLARI UNIVERSITETI TALABALARI DASTUR BO‘YICHA O‘QISH UCHUN MOSKVAGA JO‘NAB KETISHDI
31.01.2025Oʻzbekiston davlat jahon tillari universiteti va Moskva davlat lingvistika universiteti (MGLU) oʻrtasidagi Qoʻshma taʼlim dasturi doirasida tahsil olayotgan talabalar ikkinchi semestrni oʻtash uchun Rossiyaning Moskva shahriga joʻnab ketishdi.

Oʻquv jarayoni boshlanishidan oldin talabalar uchun MGLU rahbariyati vakillari bilan uchrashuv va tanishtiruv tashkil etildi. Uchrashuv davomida ularga asosiy akademik talablar, taʼlim jarayoni, imtihonlar topshirish qoidalari va Rossiyada yashash tartibi haqida batafsil maʼlumot berildi.
Bundan tashqari, talabalar MGLU yotoqxonasida yashash qoidalari, maishiy va oʻquv sharoitlari toʻgʻrisida toʻliq maʼlumotga ega boʻlishdi. Hamkor universitetdagi oʻquv dasturi ularga bilimlarini chuqurlashtirish bilan birga xalqaro tajriba orttirish, kasbiy va madaniy dunyoqarashlarini kengaytirish imkoniyatini beradi.

No Comments so far
Jump into a conversationNo Comments Yet!
You can be the one to start a conversation.