O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev rafiqasi hamrohligida davlat tashrifi bilan Janubiy Koreya poytaxti Seul shahriga keldi.
Oliy martabali mehmonlarni Koreya Respublikasi Bosh vaziri oʻrinbosari boshchiligidagi delegatsiya kutib oldi.



Shu kuni, davlat tashrifi bilan Seul shahriga kelgan Prezident Shavkat Mirziyoyevni Koreya Respublikasida mehnat qilayotgan va tahsil olayotgan vatandoshlarimiz samimiy qutladi. Davlatimiz rahbari yurtdoshlarimiz bilan suhbatlashib, ularning hayoti, faoliyati va Koreyadagi tajribalari bilan qiziqdi.



Ikki davlat o‘rtasidagi do‘stona va hamkorlik aloqalarini yanada rivojlantirishga qaratilgan tashrif davom etmoqda.
