O‘ZBEKISTON VA MALAYZIYA: TA’LIM VA ILMIY HAMKORLIK KENGAYMOQDA

09.09.2026

O‘zbekiston davlat jahon tillari universitetida Malayziyaning Sulton Idris ta’lim universiteti vakillari bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Uchrashuvda Malayziya tomonidan professor, doktor Raja Nor Safinas binti Raja Harun – Akademik va xalqaro masalalar bo‘yicha prorektor hamda dotsent, doktor Norliza Jamaluddin – Akademik va xalqaro masalalar bo‘yicha dekan o‘rinbosari ishtirok etdilar.

Muzokaralar davomida ta’lim va ilmiy hamkorlikni yanada rivojlantirish, o‘zaro tajriba almashish hamda yangi qo‘shma loyihalarni amalga oshirish masalalari muhokama qilindi.

Xususan:
– malayziyalik talabalarning O‘zbekiston davlat jahon tillari universitetida amaliyot o‘tashini tashkil etish;
– o‘qituvchilar almashinuvini kengaytirish;
– pedagoglar uchun malaka oshirish kurslarini tashkil etish bo‘yicha fikr almashildi.

Uchrashuvda qo‘shma ta’lim dasturlarini yo‘lga qo‘yish va talabalar uchun grantlar ajratish masalalariga alohida e’tibor qaratildi. Ushbu yo‘nalishlarda hamkorlikni rivojlantirish talabalarning xalqaro ta’lim imkoniyatlarini kengaytirish, akademik mobilligini oshirish hamda ularni qo‘llab-quvvatlashga xizmat qilishi ta’kidlandi.

Uchrashuv yakunida tomonlar o‘zaro manfaatli hamkorlikni yanada mustahkamlash va belgilangan yo‘nalishlar bo‘yicha amaliy ishlarni davom ettirishga kelishib oldilar.