O‘ZBEKISTON VA XITOY O‘RTASIDA ILMIY HAMKORLIK YANGI BOSQICHGA KO‘TARILMOQDA
17.04.2026Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri o‘rinbosari O‘ktam Salomov rahbarligidagi O‘zbekiston delegatsiyasi Xitoy Xalq Respublikasining Milliy tabiiy fanlar jamg‘armasi vakillari bilan muzokaralar olib bordi.

Uchrashuv davomida Xitoyning yetakchi oliy ta’lim muassasalari hamda O‘zbekiston universitetlari o‘rtasida qo‘shma fundamental ilmiy loyihalarni amalga oshirish, shuningdek, yosh olimlar uchun ilmiy stajirovkalarni tashkil etish masalalari atroflicha muhokama qilindi.
Ta’kidlanganidek, ikki davlat o‘rtasidagi bunday yuqori darajadagi uchrashuvlar ilmiy hamkorlikni mustahkamlashda muhim o‘rin tutadi. Ilm-fan va yuqori texnologiyalar sohasida katta yutuqlarga erishgan Xitoy tajribasi O‘zbekistonning innovatsion rivojlanishiga ijobiy ta’sir ko‘rsatishi kutilmoqda.


