O‘ZBEKISTON–XITOY: ILMIY VA TA’LIMIY HAMKORLIK YANGI BOSQICHDA

21.09.2026

Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti qoshidagi Konfutsiy instituti direktori, professor Saodat Nasirova Xitoyning Xuxxoto shahrida bo‘lib o‘tgan nufuzli xalqaro forumda ishtirok etdi.

“Mamlakatning shimolga ochilishidagi muhim platsdarm” mavzusidagi forumda erkin savdo sinov zonasini rivojlantirish, institutsional ochiqlik va mintaqaviy hamkorlikni mustahkamlash masalalari muhokama qilindi.

Xalqaro forum O‘zbekiston va Xitoy o‘rtasidagi ilmiy, ta’limiy va ekspertlar hamkorligini rivojlantirish uchun yangi imkoniyatlarni namoyon etdi.