O’ZBEKISTONLIK TALABALAR “HIGASHIKAWA» YAPON TILI MAKTABIDA TAHSIL OLMOQDA

14.07.2026

Oʻzbekiston davlat jahon tillari universiteti talabalari Yaponiyaning Hokkaido prefekturasida joylashgan «Higashikawa yapon tili maktabi» bilan hamkorlikda tashkil etilgan yozgi taʼlim dasturi doirasida tahsil olmoqda.

Dars mashgʻulotlaridan tashqari tashkil etilgan madaniy tadbir davomida talabalar yapon xalqining milliy kiyimi – «kimono»ning tarixi, turlari, madaniy ahamiyati hamda oʻziga xos xususiyatlari haqida batafsil maʼlumotga ega boʻldilar.

Mashgʻulotning amaliy qismida esa talabalar «yukata»ni kiyib koʻrish orqali yapon milliy anʼanalari bilan yaqindan tanishib, ushbu xalqning boy madaniy merosini bevosita his etish imkoniga ega boʻldilar.

Mazkur madaniy mashgʻulot talabalarning Yaponiyaning boy tarixiy va madaniy merosi haqidagi bilimlarini yanada mustahkamlash, shuningdek, ikki xalq oʻrtasidagi madaniy almashinuvni rivojlantirishda muhim ahamiyat kasb etadi.