PREZIDENTNING “OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI TAʼLIM VA ILM-FAN VAZIRLIGINI TASHKIL ETISH TOʻGʻRISIDA”GI FARMONI
05.10.2026Taʼlim va ilm-fan vazirligi quyidagi sohalarda yagona davlat siyosatini amalga oshiradi hamda ularni rivojlantirish va tartibga solish boʻyicha respublika ijro etuvchi hokimiyat organi hisoblanadi:
– maktabgacha taʼlim va tarbiya;
– umumiy oʻrta va oʻrta maxsus taʼlim;
– kasbiy taʼlim;
– oliy taʼlim;
– oliy taʼlimdan keyingi taʼlim;
– kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish;
-qoʻshimcha va norasmiy taʼlim.
Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi hamda Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligining huquqlari, majburiyatlari va shartnomalari, shu jumladan, xalqaro shartnomalari boʻyicha huquqiy vorisi hisoblanadi.
