REJEP TAYYIP ERDOG‘AN UNIVERSITETIDA MALAKA OSHIRILMOQDA
23.09.2026O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti Angren fakulteti o‘qituvchisi Xasanov Jasur Shavkatovich Turkiya Respublikasining Rize shahrida joylashgan Rejep Tayyip Erdog‘an universitetida xalqaro malaka oshirish kursida ishtirok etmoqda.


Mazkur xalqaro malaka oshirish kursi doirasida zamonaviy ta’lim metodikalarini o‘rganish, xorijiy tajribani o‘zlashtirish, soha mutaxassislari bilan tajriba almashish hamda kasbiy bilim va ko‘nikmalarni yanada rivojlantirishga alohida e’tibor qaratilmoqda.
Xalqaro miqyosdagi bunday malaka oshirish dasturlari o‘qituvchilarning professional salohiyatini oshirish, ilg‘or tajribalarni ta’lim jarayoniga tatbiq etish va ta’lim sifatini yanada yaxshilash uchun muhim imkoniyat yaratadi.

