SAIDA MIRZIYOYEVA BMT BOSH ASSAMBLEYASI 81-SESSIYASIDA O‘ZBEKISTONNING QAT’IY POZITSIYASI BAYON ETDI
25.09.2026Prezident Administratsiyasi rahbari Saida Mirziyoyeva BMT Bosh Assambleyasi minbaridan O‘zbekistonning tinchlik, ochiqlik, yaxshi qo‘shnichilik va muloqotga asoslangan qat’iy pozitsiyasini bayon etdi.

U o‘z nutqida Markaziy Osiyodagi o‘zgarishlar, O‘zbekistondagi islohotlar, ekologiya, Orol fojiasi, sun’iy intellekt, qonun ustuvorligi va inson huquqlari masalalariga to‘xtaldi.
Saida Mirziyoyeva global muammolarni ishonch, o‘zaro hurmat va hamkorlik asosida birgalikda hal etish muhimligini ta’kidladi.


