SURABAYA UNIVERSITETIDA BARQAROR RIVOJLANISH MAQSADLARI VA YASHIL TEXNOLOGIYALARGA BAG’ISHLANGAN KONFERENSIYA O’TKAZILDI
29.06.20252025-yil 25-iyun kuni Indoneziyaning Surabaya universitetida o‘tgan “International Conference on SDGs and Green Technology (ICST 2025)” Scopus ilmiy anjumanida O‘zbekiston davlat jahon tillari universitetining Ingliz tili 1-fakulteti dekani, filologiya fanlari doktori, professor Guli Ergasheva asosiy ma’ruzachi sifatida qatnashdi.

Ushbu nufuzli konferensiya Scopus bazasida indekslangan bo‘lib, barqaror rivojlanish maqsadlari va yashil texnologiyalar yo‘nalishidagi ilmiy tadqiqotlarni targ‘ib etishga qaratilgan. Guli Ergasheva “Gender Mainstream Initiative: Redefining Academic Borders” mavzusida ma’ruza qildi.


Unda gender tengligi masalasining akademik muhitga joriy etilishi, ta’limda gender yondashuvlarning konseptual va metodik asoslari tahlil qilindi. Xususan, ayol talabalar duch keladigan stereotiplar, imkoniyat cheklovlari, motivatsiya yetishmasligi, erta turmush va ta’limdan chetda qolish masalalari muhokama qilindi.
No Comments so far
Jump into a conversationNo Comments Yet!
You can be the one to start a conversation.