TALABALAR O‘RTASIDA “MAHALLA MASTER REJASI” RESPUBLIKA TANLOVI E’LON QILINADI!

13.07.2026

Mazkur tanlov respublika bo‘ylab belgilangan 16 ta “og‘ir” toifadagi mahalla uchun eng maqbul master reja loyihalarini ishlab chiqish orqali hududlarni rivojlantirishga hissa qo‘shish maqsadida Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi, Iqtisodiyot va moliya vazirligi, Makroiqtisodiy va hududiy tadqiqotlar instituti hamda Jahon banki va Yevropa Ittifoqi hamkorligida tashkil etilmoqda.

Ishtirokchilarga qo‘yiladigan talablar:

  • Biriktirilgan OTMlarning iqtisodiyot va texnika yo‘nalishidagi bitiruvchi bakalavrlari hamda 1- va 2-bosqich magistratura talabalari etishlari mumkin.
    Jamoa tarkibi ichki saralash asosida 5 nafardan 7 nafargacha talaba va 1 nafar mas’ul pedagog iborat bo‘ladi.

G‘oliblarni mukofotlash:

  • 5 ta eng yaxshi talabalar jamoasi g‘olib deb toplatilib, mukofot sertifikatlari bilan taqdirlanadi. 
  • Moliyaviy mukofot puli Jahon banki va Yevropa Ittifoqi hamkorligida ajratiladi. 
  • Ajratilgan mukofot jamoadagi talabalar va pedagog o‘rtasida teng taqsimlab to‘lab beriladi. 

Tanlov bosqichlari:

  • 15-sentabrgacha — OTMlar tomonidan talabalar guruhlarini shakllantirish; 
  • 30-sentabrgacha — Ekspertlar ishtirokida master reja bo‘yicha onlayn seminarlar; 
  • 30-oktabrgacha — Dastlabki master reja loyihalari muhokamasi; 
  • 1-dekabrgacha — Yakuniy master reja loyihalarini topshirish; 
  • 25-dekabrgacha — Yakuniy taqdimot va g‘oliblarni baholash. 

Batafsil ma’lumot.