UMMON SULTONLIGINING SULTON QOBUS UNIVERSITETIDA O‘ZBEK MILLIY QADRIYATLARI, O‘ZBEKISTONNING TARIXIY SHAHARLARI NAMOYISH ETILDI
30.01.2025
Ummon sultonligining Sulton Qobus universitetida malaka oshirayotgan Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti professor-o‘qituvchilari A.Rustamov hamda N.Sagdullayeva mazkur muassasada tashkil etilgan madaniyatlararo Xalqaro festivalda ishtirok etib, o‘zbek milliy qadriyatlari, O‘zbekistonning tarixiy shaharlari hamda turistik imkoniyatlarini namoyish qildilar. Tadbirda o‘zbekistonlik o‘qituvchi-arabshunoslarga faol ishtirok uchun alohida minnatdorchilik bildirdi.
Mazkur tadbirda, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasining Ummon sultonligidagi Favqulodda va Muxtor elchisi Abdusalom Hotamov rahbarligidagi elchixona vakillari ham qatnashdilar. Malaka oshirish kurslari muvaffaqiyatli yakunlandi va tinglovchilarga sertifikat taqdim etildi.
No Comments so far
Jump into a conversationNo Comments Yet!
You can be the one to start a conversation.