XALQARO AKADEMIK HAMKORLIK DOIRASIDA TALABALAR BILAN UCHRASHUV O‘TKAZILDI

20.04.2026

O‘zbekiston davlat jahon tillari universitetida Sankt-Peterburg davlat universiteti talabalari bilan uchrashuv tashkil etildi. Unda Ilxomjon Tuxtasinov rahbarligida oliygoh rahbariyati vakillari ishtirok etdi.

Muloqot jarayonida mehmon talabalar: Kolotova Valeriya Dmitriyevna va Oorjak Yevgeniya Fazilovna hamda mas’ul xodimlar ishtirokida akademik almashinuv dasturi doirasida amalga oshirilayotgan ishlar muhokama qilindi.

Qayd etilishicha, talabalar ikki oliy ta’lim muassasasi o‘rtasidagi hamkorlik asosida mamlakatimizga tashrif buyurib, o‘zbek tilini o‘rganish bo‘yicha stajirovka o‘tamoqda. Ular kelgusida mazkur tilni ilmiy yo‘nalish sifatida chuqur o‘zlashtirishni rejalashtirmoqda.

Uchrashuv davomida ta’lim jarayoni, yaratilgan sharoitlar hamda dars mashg‘ulotlari yuzasidan o‘zaro fikr almashildi. Talabalarning o‘zbek tili va adabiyoti yo‘nalishidagi mashg‘ulotlarda faol ishtirok etayotgani, professor-o‘qituvchilar hamda talabalar bilan samarali muloqot olib borayotgani alohida ta’kidlandi.

Shuningdek, ular uchun madaniy-ma’rifiy dasturlar ham yo‘lga qo‘yilgan bo‘lib, teatr tomoshalari va poytaxt bo‘ylab sayohatlar tashkil etilgani qayd etildi.