XITOY UNIVERSITETI VAKILLARI BILAN UCHRASHUV BO‘LIB O‘TDI

18.09.2026

O‘zbekiston davlat jahon tillari universitetida Xitoy siyosiy fanlar va huquqshunoslik universiteti vakillari bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Samimiy muloqotni O‘zDJTUning Xalqaro hamkorlik bo‘yicha prorektori A. Nasirov boshiligidagi universitet vakillari olib bordi.

Muloqot davomida ikki oliy ta’lim muassasasi o‘rtasida uzoq muddatli va o‘zaro manfaatli hamkorlikni rivojlantirish masalalari muhokama qilindi. Xususan, 2+2, 1+1 va 3+3 formatlaridagi qo‘shma ta’lim dasturlarini yo‘lga qo‘yish, talabalar va professor-o‘qituvchilar almashinuvini tashkil etish istiqbollari yuzasidan fikr almashildi.