XITOYNING CHANGAN UNIVERSITETI TOMONIDAN GRANTLAR AJRATILDI

23.06.2026

Toshkent davlat transport universiteti hamda Xitoy Xalq Respublikasining nufuzli Changan universiteti o‘rtasida o‘tkazilgan onlayn muloqotda xalqaro ta’lim hamkorligining yangi bosqichiga qadam qo‘yildi.

Uchrashuvda Toshkent davlat transport universiteti tomonidan xalqaro hamkorlik bo‘yicha prorektor, professor Bahodir To‘rayev, Changan universiteti tomonidan esa Xalqaro ta’lim maktabi dekani, professor Zhang Wei boshchiligidagi delegatsiya ishtirok etdi.

Muloqot davomida qo‘shma ta’lim dasturlari, akademik mobillik va ilmiy hamkorlikni kengaytirish masalalari muhokama qilinib, amaliy kelishuvlarga erishildi.

Unga ko‘ra, bakalavriat bosqichi uchun 100 nafar, magistratura uchun 30 nafar hamda doktorantura (PhD) bosqichi uchun 10 nafar talaba va nomzodlarga o‘qish to‘lovlarini qoplash, yotoqxona bilan ta’minlash hamda oylik stipendiyalar (1000 yuandan 3000 yuangacha) taqdim etilishi belgilandi.