XITOYNING LIAONING PEDAGOGIKA UNIVERSITETIDA QATOR MASALALAR MUHOKAMA QILINDI

08.06.2026

Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti delegatsiyasi vakillari Liaoning pedagogika universiteti rahbariyati bilan uchrashib, “O‘zbekiston–Xitoy sivilizatsiyalararo o‘zaro tadqiqot markazi”ning ochilish marosimi doirasida amalga oshiriladigan chora-tadbirlar yuzasidan muzokaralar olib bordilar.

Uchrashuv davomida tomonlar markaz faoliyatining ustuvor yo‘nalishlari, ilmiy hamkorlik istiqbollari hamda ochilish marosimini yuqori saviyada tashkil etish masalalarini atroflicha muhokama qildilar.

Shuningdek, delegatsiya a’zolari Liaoning pedagogika universitetida tahsil olayotgan qo‘shma ta’lim dasturining 3-bosqich talabalari bilan uchrashdilar. Samimiy ruhda o‘tgan muloqot davomida talabalarning o‘quv jarayonidagi yutuqlari, o‘zlashtirish ko‘rsatkichlari, yashash sharoitlari hamda kelgusidagi ta’lim va kasbiy faoliyat rejalari muhokama qilindi.