XITOYNING YANA BIR TA’LIM TASHKILOTI BILAN ISTIQBOLLI HAMKORLIK YOʻNALISHLARI MUHOKAMA QILINDI

25.09.2026

Toshkent davlat sharqshunoslik universitetida Xitoyning Beijing Financial Street Education Investment Co., Ltd. kompaniyasi vakillari bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Xitoy tili ta’limi, zamonaviy kadrlar tayyorlash va xalqaro ta’lim loyihalarimuloqot markazida bo’ldi.

Tomonlar:
– «Chinese + Major» modeli asosida yangi ta’lim dasturlarini yaratish;
– Xitoy investitsiyasi ishtirokidagi korxonalar uchun maqsadli kadrlar tayyorlash;
– xitoy tili o‘qituvchilarini tayyorlash va malakasini oshirish;
– xalqaro ta’lim va akademik almashinuv dasturlarini kengaytirish;
– o‘quv-metodik resurslar almashinuvini yo‘lga qo‘yish masalalarini muhokama qildilar.

Uchrashuv O‘zbekiston va Xitoy o‘rtasidagi ta’lim, til va madaniy hamkorlikni yanada kengaytirish uchun yangi imkoniyatlarni belgilab berdi.