XORAZMDA LYAONING PEDAGOGIKA UNIVERSITETINING FILIALI TASHKIL ETILADI
05.10.2026Xitoy Xalq Respublikasining Lyaoning pedagogika universiteti filiali tashkil etiladi.

“O‘zbekistonda Xitoy Xalq Respublikasining Lyaoning pedagogika universiteti filialini tashkil etish to‘g‘risida”gi Prezident qarori (PQ–359-son, 02.10.2026-y.) qabul qilindi.
Qarorga ko‘ra, Xorazm viloyatida Lyaoning pedagogika universitetining O‘zbekistondagi filiali tashkil etiladi.
Ta’lim jarayoni 2026/2027-o‘quv yilidan boshlanadi.
Ta’lim o‘zbek, xitoy yoki ingliz tillarida olib boriladi.
O‘qish kunduzgi va muqobil ta’lim shakllarida tashkil etiladi.
2030/2031-o‘quv yiliga qadar o‘qishga qabul qilingan talabalar o‘qishning butun davri davomida to‘liq davlat granti asosida o‘qitiladi.
2030/2031-o‘quv yilidan boshlab qabul parametrlarining 30 foizi davlat granti asosida shakllantiriladi.
Filial talabalarining amaliyotlari o‘quv rejalariga muvofiq hududdagi ishlab chiqarish va xizmat ko‘rsatish korxonalarida, jumladan, dual ta’lim asosida yo‘lga qo‘yiladi.
