YAPONIYALIK HAMKASBLAR BILAN TAJRIBA ALMASHILDI

15.09.2026

Nizomiy nomidagi O‘zbekiston milliy pedagogika universitetida Yaponiyaning Hokkaydo universiteti vakillari ishtirokida mazmunli uchrashuv va tadbirlar bo‘lib o‘tdi.

Tashrif davomida yaponiyalik professor-o‘qituvchilar, tadqiqotchilar va talabalar universitetdagi ta’lim jarayoni, ilmiy faoliyat hamda talabalik hayoti bilan yaqindan tanishdilar. Shuningdek, tomonlar o‘zaro tajriba almashib, yangi do‘stona aloqalarni mustahkamlash imkoniga ega bo‘ldilar.

Tashrifning yakuniy tadbirida Hokkaydo universiteti vakillariga faol ishtiroki va hamkorlikdagi tashabbuslari uchun sertifikatlar topshirildi.