ГРАФ ДРАКУЛА

23.05.2019

Kris Rais tomonidan qayta hikoya qilingan

Drakula, Brem Stoker

1-bob Drakula qasri

Fayton o’ydim-chuqur, quruq yerda katta tezlikda harakatlanar ekan, Jonatan Harker tashqaridagi manzaraga nazar soldi. Uning ortida ko’m-ko’k adirlar va meva daraxtli yorqin dalalar bor  edi. U Transilvaniya tog’lariga quyuq o’rmon orqali ketayotgan edi. Qorong’i tushayotgani uchun faytondagi boshqa odamlar sukutda va qo’rquvda edilar. Uning qarshisidagi ayol unga yaqinlashib kaftiga bir narsa qo’ydi. U kichkinagina kumush xoch edi. ”Bo’yningizga taqib oling, xavfdan holi bo’lasiz”- dedi u.

To’satdan haydovchi faytonni to’xtatdi:- “Siz shu yerda tushib qolasiz”.

 Jonatan asabiylashgan holda faytondan tushdi va ko’zdan g’oyib bo’lguncha uning ortidan kuzatib turdi. So’ng yana bir ulkan qora fayton daraxtlar ortidan paydo bo’ldi. Haydovchi Jonatanga faytonga chiqib olishiga ko’maklashib yubordi va o’rmon tomonga qarab haydab ketdi. Jonaton qorong’u o’rmonga qaradi. U faytonni daraxtlar orasidan kuzatayotgan qizil ko’zli qora sharpalarga ko’zi tushdi. Ular bo’rilar edi.

Bir necha soatdan so’ng qor yog’a boshladi. Jonatan daraxtlar orasidan mo’raladi: tog’ning tepasida ulkan qora qasr turardi. Zum o’tmay u katta eski yog’och eshik oldida turardi. Fayton esa jo’nab ketdi. Jonatan sovuqda turib qasr tashqarisidagi bo’rilarning ovozini eshitib asabiy holda kutib turar edi. So’ngra eshik ortidan qandaydir tovush eshitildi. Eshik ochilib u yerda qora kiyingan bir odam turar edi.

“Mening uyim sizning uyingiz”-dedi u jilmayib. “o’zingizni erkin his qiling. O’zingiz bilan birga olib kelgan baxtni  bir parchasini shu yerda qoldirib keting.

“Graf Drakula?”-deb so’radi Jonatan.  “ ha men Drakulaman. Sizni uyimda ko’rib turganimdan xursandman. Yuklaringizni men olaman kech bo’lgani uchun xizmatkorlarim uxlashyapti.”

Jonatan uning ortidan zinadan ko’tarilib, yorug’ oshxonaga kirdi. Xona o’choq yordamida isitilgan edi. Stol ustida esa issiq ovqat uni kutib turardi.

“Siz bilan ovqatlanmasam meni ma’zur tuting” dedi graf Jonatan o’tirayotganida. Men allaqachon kechki ovqatni yeb bo’ldim.”

Tushlikdan so’ng Jonatan grafning ro’parasiga o’choq yoniga kelib o’tirdi. “boshlig’ingiz janob Houkinz siz haqingizda juda ko’p iliq so’zlarni aytdi. Uyimda mehmon ekanligingizdan juda mamnunman. Ingliz tilimni ko’pincha mashq qila olmayman.”

Graf o’zining Angliyaga ko’chib o’tish  haqidagi rejalarini so’zlab berdi. Jonatan uning yuzini o’rgandi. Uning yuzi juda g’ayrioddiy edi: juda bo’zargan, burni esa sirli uzun, sovuq qizil ko’zlar, tishlari o’tkir va oppoq edi. Pastga qarab uning tirnoqlari uzun va o’tkirligini payqab qoldi. Qo’llari esa soch bilan qoplangan edi.

Oraga  sukunat cho’kdi. Jonatan qasr tashqarisidagi bo’rilarning qo’rqinchili ovozini eshitar edi. Graf Jonatanga yaqinlashib: “bolalarim bugun juda xursand, biznikiga juda kam mehmonlar tashrif buyuradi”-dedi u jilmayib.

Jonatan muloyim jilmaydi, lekin Drakulaning nafasidan ko’ngli aynidi. ”o’lim nafasi” deb o’yladi.

“Yuring” dedi Drakula o’rnidan turib. “Tong otyapti. Juda ko’p gapirib yubordim, uzoq safardan so’ng charchagansiz. Meni ma’zur tuting. Sizni xonangizga kuzatib qo’yaman.”

Jonatan ertalab kech uyg’ondi. Nonushta oshxonada tayyor edi. Graf ko’rinmas, shu sababli Jonatan qasr atrofini aylanib ko’rmoqchi bo’ldi. Ko’p eshiklar qulf, lekin bir eshik ochiq edi. Ichkarida esa katta kutubxona bor edi. U tokchada turgan inglizcha kitoblarni va stol ustidagi inglizcha gazetalarni ko’rib hayratlandi. U kunni o’qish bilan xursand o’tkazdi.

Tushda graf paydo bo’ldi. “Bu xonani topganingizdan xursandman. Angliyadan uy sotib olmoqchi bo’lganim uchun inglizlar hayot tarzini biroz o’rganishga harakat qildim. Tilni faqat kitoblardan o’rganganim uchun afv eting. Umid qilamanki yaxshiroq o’rganish ychun siz va janob Houkinz bilan ko’proq suhbatlashaman. Endi esa ishga o’tsak.”

          Drakula Jonatanning ro’parasiga o’tib davom etdi: “Menga sizning kompaniyangiz men uchun Angliyadan sotib olgan uy haqida gapirib bering. Imzo chekishim kerak bo’ladigan qog’ozlar ham bo’ladi. Hamma narsani batafsil bilmoqchiman.”

“Uy Karfaks deb nomlanadi” –deya tushuntira boshladi u. “U Londonning shimolida joylashgan bo’lib, ko’plab yerlari bor. Ko’plab yerlar daraxtlar bilan qoplangani uchun ancha qorung’i.  . Uy katta va eski, derazalari ham kam. Yonida esa eski bo’m-bo’sh cherkov bor. Afsuski, Karfaks pana yerda joylashgan. Yagona qo’shninggiz kasalxonada telbalarni davolaydigan shifokordir.

“Uy eski ekanligidan xursandman”-deb javob qaytardi graf. “Mening sulolam qadimiy tarixga ega shu sababli men o’z tarixiga ega bo’lmagan uyda yashashni istamayman. Qorong’ulik esa meni umuman tashvishga solmaydi. Yoshim ham bir joyga borib qoldi. So’nggi paytlarda o’lim haqida ko’p o’ylayapman. Men qorong’ulikdan qo’rqmayman.

          U qog’ozlarga imzo chekib xonadan chiqib ketdi. Jonatan uning ortidan oshxonaga bordi. Tushlik tayyor edi lekin graf hech narsa yemadi.

          Kunlar bir-birining ketidan quvlab o’tdi. Bir kuni g’alati bir voqea ro’y berdi. Jonatan oyna qarshisida soqol olayotgan edi. To’satdan qandaydir ovoz unga 

“Xayrli tong” dedi. Jonatan qo’rqqanidan bo’ynini kesib oldi. Graf uning yonginasida turgan edi. Jonatan ishonqiramay yana oynaga nazar tashladi: “Nega uning aksi oynada ko’rinmayapti?” Graf uning bo’ynidan oqayotgan qonga tamshanib qarab qo’ydi. Jonatan jarohatni yopmoqchi bo’lganda qo’li bo’ynidagi  kumush xochga tegib ketdi. Shu payt grafning yuzida g’alati ifoda paydo bo’ldi: ko’zlari kosasidan chiqib ketguday bo’lib, qaltiray boshladi. So’ng bir so’z demasdan oynani olib derazadan uloqtirib yubordi. Uzoq jimlikdan so’ng jonatan oynani chirsillab singanini eshitdi. Graf jahl bilan “Mening uyimda hech qanday oynaga joy yo’q!”- deb baqirdi. Bir necha soniyadan so’ng vazminlik bilan “o’zingizga jarohat yetkazmaslikka harakat qiling. Bu mamalakat siz o’ylaganingizdan ko’ra xavfliroq” dedi

          Graf xonani tark etganidan so’ng, Jonatan derazadan chil-parchin bo’lib yotgan oynaga qaradi. Birinchi marta u bu yerni tark etgisi keldi. “U ketishimga ruxsat berarmikan? Men rostdan ham uning mehmonimi yoki asirimanmi?” degan o’y unga tinchlik bermasdi. 

          2-bob Uch ayollar

Kunlar shu zaylda o’taverdi. U kech turib nonushta qildi so’ng kutubxonaga kirdi. Tunda u o`choq yonida o`tirib,  grafning  hikoyasiga quloq tutdi. U faxr ila o`z oilasi va mamlakati tarixi haqida so`zlab berdi.

          Bazida graf oddiy narsalar haqida so`zlardi: Angliya, qonun, kemalar va poyezdlar. Drakulani ko`p narsa bilishi Jonatanni hayratga solar edi. U Angliyadagi shaharchaga dengiz orqali narsalar jo’natmoqchi edi. Lekin qaysi shaharchaga?

“Vitbiga jo’natsakchi?” deya taklif kiritdi Jonatan. “Mening qaylig’im Mina va uning dugonasi Lyusi ta’tilni o’sha yerda o’tkazishmoqchi. U Angliyaning shimolida joylashgan eski va go’zal shaharcha.” Drakulaga bu fikr yoqib tushdi. U Mina haqida ko’proq bilgisi keldi. “Yaqinda bizni to’yimiz bo’ladi” dedi Jonatan Mina va Lyusining rasmini grafga ko’rsatib. “Ular juda go’zal” dedi graf jilmayib.” Kelganingizdan buyon unga xat yozdingizmi? “Xat yozishga vaqt topa olmadim”deb javob qaytardi Jonatan. “Unday bo’lsa, mening do’stim xat yozishni hoziroq boshlang. Lekin avval janob Houkinzga yozing. Unga men bilan yana bir oy  turishingizni ayting.” Jonatandan sovuq ter chiqib ketdi. “Siznikida yana  bir oy qolishimni istaysizmi? –“ha, menga yordamingiz hali ko’p kerak bo’ladi.” Jonatan ikkita qisqa xat yozib grafning qo’liga tutqizdi. Ketishidan oldin u Jonatanga qarab: ”  Agarda qasrning boshqa qismiga borsangiz, u yerda uxlab qolmang. Qasr juda eski. Bu yerda g’alati narsalar sodir bo’lgan. O’z xonangizda xavfsiz bo’lasiz.”dedi. shu kecha Jonatan pastga tushib qasr oldidagi katta eshik oldiga keldi. Odatdagiday eshik qulf edi. “Kalit grafning xonasida bo’lsa kerak” deb o’yladi u. Jonatan qasr atrofini aylanib bir ikki ochiq eshikni topdi, lekin ular hech qayerga olib bormas edi. So’ng u yo’lak oxiridagi eshikka ko’zi tushdi. Avvaliga uni qulf deb o’yladi. Eshik tutqichini biroz ko’tarib itargandan so’ng eshik g’iyqillab ochildi. Qorong’u zinalardan ko’tarilib, oy nuri tushayotgan xonaga kirib qoldi. Jonatan derazadan boshini chiqarib, tunggi havodan to’yib nafas oldi. To’satdan qandaydir qora sharpaga ko’zi tushdi. “Bo’lishi mumkin emas. Men tush ko’rayapman shekilli” dedi u qo’rquvdan qaltirab. Drakula derazadan oshib devorda xuddi qandaydir mahluqday harakatlanayotgandi. U barmoqlari va oyoqlarini ishlatib devorda yurardi, qora kiyimi esa shamolda hilpirab turardi. So’ngra u qorung’ilikda g’oyib bo’ldi. Jonatan joyida qotib qolgan edi. Qo’rquvdan tizzalari dag’-dag’ qaltirardi. Bir oz dam olsam hammasi o’tib ketadi deb deraza yonidagi yotoqqa cho’zildi. Ko’zlarini yumgach uyqu kela boshladi. Bir ozdan so’ng u o’zini yolg’iz emasligini sezib qoldi: uchta yosh ayollar uni qorong’ilikda turib kuzatayotgan edi. Ular past ovozda gapirib, oy nurida harakatlanardi. Shunda u yarim ochiq ko’zlari bilan ularni juda go’zal ekanini ko’rdi. Ular kulganida oppoq uzun tishlari oy nurida yaltirardi. Ular yaqinroq kelar ekan ko’zlari olovdek yonardi. Ularning kulgusi xonani to’ldirib yubordi. Jonatan ularning yovuz ekanini yurakdan his qilib turardi. Ammo negadir ulardan qo’rqmadi. Ular Jonatanni o’ziga rom etgandi. U ularni yaqinroq kelishini istardi…

          Malla sochli qiz yotoqning yoniga kelib tiz cho’kdi va yuzini Jonatanning yuziga qo’ydi. Jonatan uning yumshoq nafasini bo’ynida sezdi. U o’tkir  tishlari bilan Jonataning bo’ynidan tishladi. Jonatan ko’zlarini chirt yumib oldi. Uni qimirlashga holi yo’q edi. To’satdan qandaydir ovoz eshitildi.  Ko’zlarini ochib qarasa, yotog’ining yonida baland bo’yli qora sharpa turardi. U shubhasiz graf edi. Uning yuzi murdadek oppoq lekin ko’zlari olovdek yonardi.”- Unga tegmanglar deb aytgan edim-ku!” Graf ayolni bo’ynidan olib itarib yubordi. –“ Bu odam meniki. Menga uning yordami kerak. Keyin esa…”    –  “unday bo’lsa biz nima qilamiz? “ go’zal ayollardan biri so’radi. Drakulaning oyog’i ostida qandaydir qop bor edi. Uni ichida bir nima qimirlardi. Drakula  qopni oyog’i bilan ayollar tomon irg’itdi. Qopning ichidan qo’rquvdan yig’layotgan bolaning ovozi eshitildi. Ayollar qopni xuddi och hayvonlarday tortqilashardi. Bolaning yig’isi hali ham tinmasdi. Birdaniga oraga jimlik cho’kdi. Xonani quyuq tuman qoplab oldi. Jonatan esa shirin uyquga ketdi.

    3-bob Bir mesh qon

Graf o’tgan tunda sodir bo’lgan voqea haqida hech narsa demadi. U ko’proq qog’oz olib kelib, Minaga uchta xat yozishini so’radi.-“Birinchi maktubda ishingizni deyarli tugatib bo’lganingizni, bir necha kundan so’ng yo’lga tushishingizni ayting. Ikkinchi maktubda ertalab jo’nab ketayotganingiz to’g’risida xabar bering. Uchinchi maktubda qasrni tark etganingiz va Bisritsga yetib kelganingiz haqida ayting.” Jonatanni tashvishlanganini ko’rib, uni tichlantirish uchun “maktub manziliga uzoq muddatda yetib boradi. Do’stlaringiz  siz bilan qandaydir noxushlik sodir bo’lgan deb o’ylashlarini istamayman”dedi. –“men bu maktublarni hozir jo’natsam, ular manziliga o’z vaqtida yetib boradi. Shunda do’stlaringiz uyga qaytayotganingiz to’g’risida xabar topadilar.”

Jonatan uchta maktub yozdi. “Uning buyruqlariga amal qilishdan o’zga choram yo’q. men uning asiriman, hayotim xavf ostida.”

Ertasi kuni ertalab Jonatan odatdagi shovqindan uyg’onib ketdi. Oshxona derazasining yoniga yugurib kelib pastga qaradi. Xizmatchilar aravadan uzun yog’och qutilarni tushirayotgandilar. Jonataning yuragi tez ura boshladi.-“Tezda xat yozsam ular orqali jo’natishim mumkin.” U jomadonida saqlayotgan qog’ozni olish uchun xonasiga yugurib ketdi. Lekin uning jomadoni, chipta va puli joyida yo’q edi. Uning kiyimlari qayerda edi? Deraza yoniga qaytib kelganida na xizmatchilar na arava joyida edi. Kun davomida Jonatan ularni qasrning qaysidir qismida ishlayotganini eshitdi. Nimadir sodir bo’layotgandi.

O’sha kecha u deraza yonida o’tirib kutdi. Qorong’u tushgandan so’ng, Drakula xuddi o’tgan tungiday devordan chirmashib pastga tushdi.  Ammo bu safar u Jonatanning kiyimlarini kiyib olgandi. Endi hamma narsa ravshan edi. –”  U Bisritsga borib mening nomimdan xatlarni jo’natmoqchi. Odamlar esa uni men deb o’ylashadi. Ular meni uyga qaytayotganimga ishonishadi. Hech kim meni hali ham bu yerda ekanligimni bilmaydi. Drakula men bilan nimani istasa shuni qiladi. Qanday qilib bo’lsa ham qochishim kerak. Eshik kalitini qo’lga kiritishim kerak. Buning uchun grafning xonasiga kirish kerak lekin qanday qilib? Uning xonasi doimo qulf-ku. Shunda Jonatan reja tuza boshladi. –“ Uning derazasini bilaman. U menikidan pastroqda, chapda joylashgan. Qasr devorlarining toshi katta va dag’al. ular orasidagi masofa katta. Agar tuflimni  yechsam, devordan chirmashib uning xonasiga tusha olishim mumkin. Bilaman bu juda xavfli, lekin boshqa nima ham qila olardim?”

Jonatan tong otishini kutdi chunki tunda xavfli edi. U Drakula kun bo’yi uxlashini bilardi. Jonatan tuflisini yechib derazadan oshib tushdi va asta-sekin qasr devorlaridan pastga qarab harakatlana boshladi. Va nihoyat u grafning derazasiga yetib keldi va xonasiga kirdi. –” bu rostdan ham grafning xonasimi?” Xonada iflos yerda yotgan eski puldan boshqa hech narsa yo’q edi. Buning ustiga kalit ham yo’q ekan. Lekin Jonatan xonaning burchagidagi eshik ortida tosh zinapoyalarni topdi. U hayajonlangan holda pastga tusha boshladi va qandaydir g’alati, yerga o’xshaydigan  hid dimog’iga urildi. Pastga tushar ekan hid kuchayib yanada yoqimsiz bo’la boshladi. Nihoyat u pastga tushdi. U yerda qorong’u yo’lak bor edi. Shu yo’lakdan yura turib u tuproq tashalgan xonaga kirib qoldi. Xonaning burchagida xizmatchilar aravadan tushirgan qutilar turardi. Ular elliktacha bo’lib, hammasi tuproq bilan to’ldirilgan edi. Ularning yonida kattaroq quti bor edi. Jonatan yaqinroq borib qutini ichiga nazar tashladi. U qo’rquvdan qichqirib ortga qadam tashladi. U yerda, tuproqli qutining ichida graf Drakula yotardi. Avvaliga, Jonatan uni jon bergan deb o’yladi. Uni ko’zlari ochiq, yuzi bo’zargan edi.   U nafas olmas, yuragi ham urmasdi. Uni ko’zlari Jonatanni qo’rquvga solardi. Uning ko’zlari o’lgan odamnikiga o’xshamasdi. Uning nigohi tepaga qadalgan, ko’zlari nafratga to’la edi. Jonatan kalitni qidirmoqchi bo’ldi, lekin u grafga tega olmasdi. U qo’rquvda edi. U xonani tez tark etib o’z xonasiga yo’l oldi.                        

          Tunda graf Jonatanning xonasiga odatdagiday vaqtda keldi. –“Bugun siz bilan qadrdon do’stim xayrlashamiz. Ertalab o’z mamlakatingizga jo’nab ketasiz, men ham safarga jo’nashim kerak. Tongda mening faytonim sizni Bisrits yo’ligacha olib boradi. Ertaga kechgacha Bisritsda bo’lasiz. Sizni o’z qasrimda yana ko’raman deb umid qilaman.” –“bugun ketsam bo’ladimi?” –“buni iloji yo’q faytonim hozir band” –“Piyoda ketaveraman. Hozir ketishni istayman” –“Yuklaringizchi?” –“ ular muhim emas, keyin odam jo’natsam ham bo’ladi.” Graf jilmayib qo’ydi. –“Mayli, agar ketishga tayyor bo’lsangiz, sizni to’xtatib qololmayman. Ammo bunchalik tez ketayotganingizdan xafaman.” Jonatan grafning ortidan zinadan tushib, katta eshikning oldiga keldi. Graf to’xtab, barmog’ini tepaga ko’tarib dedi:” quloq soling!” Eshik ortidan o’rmondagi bo’rilarning uvillagan tovushi eshitildi. Drakula eshikni ochganida ularning ovozi yanada balandroq eshitildi. Jonatan bo’rilarning u yerdan bu yerga sakrayotganini ko’rdi. Ularning og’zi katta ochiq edi. –“Eshikni yoping! Ertalabgacha kutaman.” Drakula uning ko’z yoshlarini ko’rmasligi uchun Jonatan o’girilib oldi. Eshik gursillab yopildi va bo’rilarning ovozi pasaydi.

Ertasi kuni ertalab Jonatan yana grafning xonasiga kirishga qaror qildi. Endi u qo’rqmasdi. “Agar qolsam graf meni o’ldiradi”-derdi u o’ziga. -“Agar devordan yiqilib tushsam, shunday o’lim topganim ma’qul.” U deraza yoniga yugurib bordi. So’ng grafning xonasi tomon, pastga qarab devordan chirmasha boshladi. U xona burchagida joylashgan eshikdan kirib, zinapoyalardan pastga tushdi va qorong’u yo’lak bo’ylab qumli xonaga yo’l oldi. U to’g’ri Drakula yotgan qutining yoniga kelib, uning og’zini ochdi. Uni  chiga qaraganida yuragi to’xtab qolay dedi. Drakula qutining ichida edi, ammo bu safar u boshqacha ko’rinardi: uning yuzi to’lishgan va terisining rangi och emasdi. Uning rangi xuddi sharobga o’xshardi. Og’zining bir chekkasidan oqayotgan qon bo’yni va kiyimlariga tegib turardi. Undan qon hidi anqib turardi. Uning yuzida o’zi o’ldirgan yovvoyi hayvonning qarashi aks etgandi. Jonatan hozir keta olmasdi. U kalitni nima bo’lsa ham topishi kerak edi. U Drakulaning cho’ntaklarini titkilab hech narsa topa olmadi. Jonatan hayotida birinchi bor o’ldirgisi keldi. U o’z qutisida yotgan jirkanch qonxo’rni yo’q qilgisi keldi. Jonatan qo’liga og’ir tosh olib grafning yoniga keldi va toshni grafning boshiga tashlab yubordi. Tosh Jonatanning qo’lidan tushishi bilanoq graf ko’zlarini ochdi. Tosh bir soniya havoda muallaq turdi. Shundan so’ng u sekin pastga tushdi. Tosh grafni jarohatlamasdan yuzining bir chekkasini silab o’tdi. Jonatan qimir etolmasdi. Grafning ko’zlari Jonatan tomon burilib, u jimayib qo’ydi. Bir necha soniyalardan so’ng Jonatan yugurib chiqib ketdi. U qo’rquv iskanjasida qolgandi. U ortidagi qutilardan, yovuz hid va drakulaning dahshatli qonga to’ymas tabassumidan qochib ketgisi kelardi. Jonatan ulardan iloji boricha uzoqda bo’lishni istardi. U zinapoyalardan shoshilib ko’tarildi va oynadan oshib qasr devorida tez harakatlandi. Xonasiga qaytgach, o’zini yotoqqa otdi. “Hozir u meni o’ldiradi”-deb o’yladi u. Jonatan hayolidan uning dahshatli tabassumini chiqarib tashlolmasdi.-“Bilaman, hech qanday umid yo’q. oz fursat ichida kunim bitadi. U mening qonimni ichib, yangi qon uchun Angliyaga ketadi. Nima qila olishim mumkin? U yotog’ida qo’rquvdan qaltirab yotardi. Bir necha soatdan so’ng otlar va qo’shiq kuylayotgan odamlarning ovozi eshitildi. U o’rnidan turib derazadan qaradi. Tashqarida yog’och qutilar ortilgan fayton turardi. Qutilarning birida Drakula yotganini Jonatan bilardi. U Angliyaga otlangan edi.

Bir zum bo’lsa ham Jonatan qo’rqishdan to’xtadi. Ammo hali ham bir muammo bor edi.-“Ertaga ertalab ketishim mumkin, lekin bugun nima bo’ladi? Drakula ketdi endi meni anavi uch ayoldan kim himoya qiladi? Ularga mening qonim kerak”  Jonatan eshik oldiga borib quloq tutdi. Avvaliga hech narsa eshitilmadi. Shundan so’ng ayollar kulgusini eshitdi… Jonatan yana qo’rquv iskanjasida qolgandi. U tiz cho’kdi, qo’llarini qovushtirib, osmonga qarab iltijo qildi:”Yordam beringlar!”  ”yana qaytib Angliya va Minani ko’ra olarmikanman?”

4-bob Mina va Lyusi 

Mina Myurey yoqimtoy qiz edi. Uning dugonasi Lyusi Vestenra esa juda lobar edi. Uning oshiqlarini sanab sanog’iga yetib bo’lmasdi. Oshiqlari orasidan uch yigitni yoqtirardi: ular Jek Syuard va uning do`stlari Kuinsi Morris va Artur Holmvud edi. Jek Syuard shifokor bo`lib, u Londonning shimolida joylashgan telbalar shifoxonasida ishlar edi. Kuinsi Morris esa Amerikalik sayyoh edi. Artur Holmvud mashhur boy ingliz oilasidan kelib chiqan edi.

          Avgust oyida qizlar ta`tilni o`tkazish uchun Vitbiga kelishdi. Lyusi hayotidagi uch yigit haqida hayajon ila gapirar edi. Ulardan qay biriga turmushga  chiqishni bilolmay boshi qotgan edi.

          Bir kuni Mina bog`da o`tirib xat o`qiyotganida Lyusi yugurib keldi: – “Lyusi men Arturga turmushga chiqmoqchiman.”  -“Lyusi sen uchun juda xursandman.” Lyusi dugonasining ovozida qandaydir g`amginlikni sezdi va so`radi: – ”Nima bo`ldi Mina? ” Mina unga xatni ko`ratdi. “Bu Jonatandan kelgan xat. Undan qattiq tashvishdaman.  Bir oy ichida undan bor yo`g`i uchta xat keldi. Bilaman bir nima bo`lgan.” Lyusi xatni o`qidi va Minaning qo`lini tutdi: – “Mina, havotir olma, aminmanki buni sababi bor.”

          O`sha kecha kuchli do`vul bo`ldi. U Vitbi odamlari hayotidagi eng dahshatli do`vul edi. Osmoni qop – qora  qalin bulutlar qoplagan, kuchli shamol esib, jala quyar edi. Lekin dengizdan quyuq tumanning kelishi juda g`alati edi. Bo`ronda quyuq tumaning ichidan sirli xorijiy kema: Dimetr chayqalib suzib kelar edi. Kemada bir odamdan boshqa hech kim yo`q edi. Uning joni uzilgan va g`ildirakga bog`lab tashlangan edi. Kema yerga yetib kelishi bilanoq, qop-qora  katta it undan  yugurib tushdi. U sohil tomonga qarab yugurib ketdi va eski shaharchaning tor ko`chalarida g`oyib bo`ldi. Ikki kundan so`ng Mina g`alati his bilan uyg`ondi: Lyusi xonasida yo`q edi. Mina yugurib uydan chiqdi. Ko`cha qorong`u edi lekin to`satdan bulutlar ortidan oy paydo bo`ldi.  Uning dugonasi bog`dagi sevimli o`rindig`ida  yarim o`tirgan yarim yotgan holda turar edi. Uning yonida uzun bo`yli qora sharpa turar edi.

          Mina qichqirib yubordi va dugonasining yoniga yugurib bordi. Uning yoniga yetib kelganida Lyusi yolg`iz edi. U hali ham o`sha holatida turar edi. Mina uning qo`lidan tutib uyga olib kirdi. Shunda Mina Lyusining bo`ynidagi ikkita kichkina jarohatga ko`zi tushdi.

          Keyingi tunda Mina yotoqxona eshigini qulflab kalitni o’zi bilan yotoqqa olib kirdi. Lyusi uyqusida ikki marta turib eshik va oynalarni ochishga harakat qildi. Mina uni o’rniga yotqizib oynadan tashqariga qaradi. U to`lin oy va bog`da aylana bo`lib uchayotgan ko`rshapalaklardan boshqa hech narsani ko`rmadi.

          Bir necha kundan so`ng Lyusi ovqatlandi, dam oldi, toza havodan to`yib nafas oldi, ammo u kundan kunga holsizlanardi. Ikki marta Mina uni derazaga boshini qo`yib uxlab qolganini sezib qoldi. Uning bo`ynidagi jarohat kattalashayotgan edi. Bir kuni Minaga xat keldi. U Budapesht kasalxonasida ishlaydigan hamshiradan edi. Jonatan Harker kasalxonada edi. Hamshirani yozishicha, u qattiq betob ekan. Yetib kelganida faqat qandaydir bo`rilar, qon va vampirlar haqida tinmay  gapirar edi. U bu yerga qanday qilib kelib qolganini hech kim bilmas, ammo u bilan qandaydir noxush voqea sodir bo`lgani aniq edi. -“Lyusi ”dedi Mina dugonasining qo`lidan tutib. Men zudlik bilan uning oldiga borishim kerak.

          Jek Syuardning kasalxonasining telbalardan biri o`zini juda g`alati tutayotgan edi. – “U kelyapti”deb nuqul qaytarar edi. Bir kuni u g`oyib bo`ldi.  Syuard va uning odamlari telba Renfildni Karfaks uyining yonida joylashgan cherkov yaqinidan topishdi. Bir kuni Artur doktor Syuardni ko`rgani keldi. Undan Lyusini ko`rib qo`yishini so`radi. U Hillingdonda, onasining uyida turgan edi. “Lyusi juda holsiz”dedi Artur. “U kun bo`yi yotadi. Kundan kunga ahvoli og`irlashayapti”. Doktor Syuard zudlik bilan Lyusini ko`rgani yo`l oldi. Lyusining rangi uniqqan va holsiz edi. U kasallikning sababini negadir topa olmadi. Qon tekshirtirish uchun Londonga qon jo`natdi. Javob tezda keldi: hamma narsa joyda edi. “Hech narsaga tushunmayapman”dedi doktor Syuard  Arturga qarab. “Universitetdagi qadrdon do`stimga murojaat  qilmasam bo`lmaydi shekilli. Amsterdamlik professor Van Helsing mana shunday noyob kasalliklardan xabardor.”

          5 BOB Professor Van Helsing         

Professor Abraham Van Helsing Hillingdonga uch kunda yetib keldi. U Lyusini bir necha daqiqa ko`zdan kechirdi, shundan so`ng u Amsterdamga yana qaytib ketdi. Ertasi kuni Lyusining ahvoli bir muncha yaxshilanganday bo`ldi. Lyusining ahvoli yaxshilarnar ekan, Renfild o`zini yomon his qila boshladi. U qochib ketganidan so`ng juda kam gap bo`lib qolgan edi. U bir burchakda o`tirib bir og`iz so`z demasdi. Doktor Syuard u bilan suhbatlashmoqchi bo`lganida u doim bir xil zaylda javob qaytarar edi: – ”U meni tark etdi endi hech qanday umid yo`q.”

          Van Helsing  tark etganidan so`ng, uch kun o`tib Lyusi yana betob bo`lib qoldi. Doktor Syuard Van Helsingdan qaytib kelishini iltimos qildi.

          Professor ertasi kuni tunda yetib keldi. Lyusining ahvoli avvalgidan ko`ra yomonroq edi. Uning ranggi bo’zargan va holsiz edi. Van Helsing uni tekshirayotganda eshik ortidan eshitilgan tovushlar jimlikni buzdi. Ular Artur Holmvud va  Kuinsi Morris edi.” Iloji boricha tez yetib kelishga harakat qildim. Eshitishimcha uning ahvoli yomon emish”-dedi Artur. Van Helsing ikki yigitni tashqariga olib chiqib dedi:”Uning hayoti xavf ostida.” “Xavf ostida?”dedi Artur. “Men nima qilishim mumkin? Qonimni bersam uni saqlab qola olamammi?” –  “Unga aynan shu kerak. U ko`p qon yo`qotgan. Iltimos janob Holmvud. Kiyimingizni yeching. Tezda xarakat qilishimiz kerak”.

          Bir so`z demasdan Artur paltosini yechdi va yengini shimardi. Van Helsing ertaga kelishga vada berib dedi: – “ketishdan oldin bir narsa qilishim kerak.” U pastga tushib quti bilan qaytib keldi. Qutini Lyusining yotog`iga qo`yib Lyusiga qarab: – “Qutini oching dedi.” Lyusi qutini ochib u yerda kichkini oppoq gullar borligini ko`rdi: – “Voy!”dedi. – “Axir bular sarimsoq gullari-ku! Bu hazilmi professor?” Van helsing unga jiddiy qarab dedi: -“Bu hazil emas ularni oling bo`lmasa  hayotingiz xavf ostida qoladi. Iltimos qo`rqmang men sizga yordam beraman. Bu gullar oddiy ko`ringani bilan, ular sizni himoya qila oladi. Menga ishoning.”

          Van Helsing o`rnidan turib oynalarni yopdi. So`ng gullardan bir qism olib deraza atrofiga, eshikka va o`choq oldiga qo`yib chiqdi. Oxirida gullardan marjo yasab Lyusining bo`yniga ilib qo`ydi.

          “Bugun oyna yoki eshiklarni ochmanglar. Bo`yningizdan bu gulni yechmang. Bu juda ham muhim”.

          Ertasi kuni soat sakkizda Van Helsing va doktor Syuard  Vestenralarning uyiga borishdi. Ularni Lyusining onasi kutib oldi. –“ Lyusining ahvoli bir oz yaxshilanganday. Hozirgina undan xabar oldim. U uxlayapti shuning uchun uni uyg`otmadim.” –“Juda yaxshi”dedi Professor. -“Kecha tunda uning xonasiga kirgan edim, ammo uning xonasida havo yo`q edi. Uning bo`ynidagi gullar ham juda yomon  hid tarqatayotgan edi. Shuning uchun ularni olib oynalarni ochib yubordim.” Van Helsingning yuragiga g`ulg`ula tushdi. U hech narsa demadi chunki Vestenra xonimning yuragi xasta edi.- “Bu yomon xabar”dedi Van Helsing Lyusining bo`zargan yuziga qarab. -“Bugun Amsterdamga qaytib ketishim kerak, ammo siz uni qo’riqlashingiz lozim. Yangi gul solingan qutilar xar kuni yetib keladi. Kecha tunda nima qilgan bo`lsam siz ham aynan shuni qilishingiz shart. Men to`rt kundan qaytib kelaman. Ungacha Lyusini yaxshilab qo`riqlang.” –“Qo`riqlash? Uni nimadan qo`riqlaymiz?”deb o`zidan so`radi Doktor Syuard.

6 Bob Bu hali boshlanishi                                                                                                  

 Oxirgi o`tgan bir necha kunlar Jek Syuard uchun og`ir bo`ldi. U kun bo`yi kasalxonada, tunda esa Hillingdonda bo`ldi. Har kuni ertalab Gollandiyadan yagi gullar maxsus jo’natma orqali kelardi. Syuard hamma narsani xuddi professor aytganiday qildi. Bu narsalar unga yoqmasdi chunki bu narsalar ilmiy bo’lib tuyulmadi. Bu kecha u juda charchagan edi. U tunda Lyusining derazasidan eshitilayotgan g’alati ovozlardan bir necha marta uyg’onib ketdi. Avvaliga u shamolda daraxtlar oynaga urilyapti deb o’ylagandi, ammo ertasi kuni deraza yaqinida hech qanday daraxtlar yo’qligini angladi.- “Balki bu meni hayolimda bo’lgandir” deb o’yladi.

          Renfild ham muammo tug’dirayotgandi. Bir kuni u ikki kishiga hujum qildi: bog’da soqchi bilan sayr qilayotganda, ikki kishiga ko’zi tushdi. Soqchi zo’rg’a uni to’xtatib qoldi. Doktor Syuard ulardan kechirim so’rab, ozgina pul berdi.

Syuard o’z xonasida o’tirib hisobot yozayotgandi. Qattiq charchagani uchun ko’zi ilinib qoldi. To’satdan eshik qarsillab ochildi. U Renfild edi. U to’g’ri Syuardga qarab qo’lidagi pichoq bilan yugurib keldi va uning chap qo’lini jarohatladi. Syuardning jahli chiqib qalin kitob bilan Renfildni boshiga tushirdi. Renfild yuzi bilan yerga yiqildi. Syuardning qo’lidan oqayotgan qon Renfildning yuziga tegdi. U yerga oqgan qonni yalay boshladi. Soqchilar kelib uni olib ketayotganida u tinmay”Qon bu-hayot” deb qichqirardi.- “Ishongim kelmayapti. Bu odam men o’ylaganimdan ko’ra telbaroq ekan.”

Ertalab uyg’onib Syuard o’zini holsiz sezdi. –“Balki ko’p qon yo’qotgan bo’lsam kerak.”  Soatga qarasa o’n bo’lgan ekan. Axir u Hellingdonda Lyusining yonida bo’lishi kerak edi! O’zining o’rniga yordamchisi doktor Xennesini jo’natdi. 

          Uxlab yotganida bir bolakay unga maktub keltirdi. U Van Helsingdan edi:-“Bugun kechqurun Hellingdonda bo’lishingiz shart! Bu juda muhim. Men o’n to’qqizinchida yetib kelaman”

U nonushta ham qilmasdan to’g’ri Hellingdonga qarab yo’l oldi. Hali vaqtli edi. U hammani uyg’otib yubormaslik uchun eshikni ohista taqillatdi. Eshikni xizmatkor ochishini kutgandi lekin hech qanday javob bo’lmadi. U yana taqillatdi, lekin hech qanday javob bo’lmadi. U uy atrofini aylanib ochiq deraza qidira boshladi. Hamma oynalar yopiq edi. Lyusining onasining xonasi birinchi qavatda joylashgandi. Deraza sindirilgan bo’lib unda qon izlari bor edi. Derazadan pastroqda devorda qandaydir hayvoning oyoq izlari bor edi. “Ehtimol ular itga tegishlidir”deb o’yladi u. “Yoki…” u bo’rilar haqida esladi. “Yo’q bo’lishi mumkin emas!” U engashib yerni tekshira boshladi va to’satdan qandaydir ovozni eshitildi. U o’zini himoya qilishga tayyor bo’lib turgandi, yaxshilab razm solsa u Van Helsing ekan. “Kech qoldikmi deb qo’rqaman”dedi u. Van Helsing singan derazadan qo’lini kiritib uni ochdi. Yotoqda Lyusi va uning onasi yotardi. Vestenra xonimning yuzida qo’rquv aks etgandi. Syuard uning tomirini tekshirib ko’rdi. U jon bergandi. U qo’lida gulchambarni qattiq ushlagan holda yotardi. O’limidan bir necha soniya oldin u Lyusining yoniga kelib gulchambarni bo’ynidan olib tashlagan. Lyusi uning yonida yotardi. Bo’ynidagi jarohat kattlashgan, yana yangi jarohatlar paydo bo’lgandi. Van Helsing uning qo’lida tutib, yurak urishini eshitdi. “Hali kech emas! Tezda issiq suv keltiring. Biz uni iliq holda saqlashimiz kerak” Syuard oshxonaga yugurib ketayotganda toyib ketib yiqildi. Oshxonada xizmatkorlar uxlab yotardi. Ularning ichimligiga nimadir qo’shilgandi. Van Helsing Syuardga qarab” Janob Holmvudni toping, u jon berishi mumkin”dedi. Lyusi uxlab yotganida Syuard unga diqqat bilan razm soldi. Uning tishlari uzun va o’tkir bo’lib tuyuldi.

Artur botir edi. U g’amginligini bildirmasdi. Ertalab soat oltida Van Helsing kelib Syuardga dam olishi mumkinligini aytdi. U Lyusining bo’yniga qaradi. Jarohatga qarar ekan yuragi muzlab ketdi. Uning bo’ynidagi jarohatdan asar ham yo’q,terisi silliq edi. “Qarang!” dedi u Syuardga.-”Jarohat bitibdi. U jon berayapti. Tezda borib uning qaylig’ini uyg’oting. Biz u bilan oxirigacha birga bo’lishimiz kerak”

Artur kelganida Lyusi ko’zlarni ochdi.”Artur, sevgilim” dedi u past ovozda. Artur undan bo’sa olmoqchi bo’lganda Van Helsing uni to’xtatib qoldi:”To’xtang hali emas. Shunchaki uning qo’llaridan tutsangiz bo’ladi.” Doktor Syuard uning yuzidagi g’alati o’zgarishlarni payqadi:uning terisi tarang, tishlari uzun va o’tkir edi. Lyusi ko’zlarini yumdi uning nafas olishi og’irlashdi va jon berdi. “Hammasi tugadi” dedi doktor Syuard. “Yo’q, bu faqat boshlanishi deb qo’rqaman”dedi Van Helsing

7-bob Go’zal ammo yovuz  

Bir necha kundan so’ng, gazetalarda Londonning shimolida bolalarga hujum uyushtirilayotganida haqidagi xabarlar paydo bo’ldi. Bolalar izsiz g’yib bo’lar, lekin keyinchalik ularkunduzi topilardi. Ular holsiz va rangi bo’zargan, bo’ynida jarohat bilan topilardi. Van Helsing xabarlarni ko’rib Syuarddan so’radi:”bung anima deysiz?” –“Lyusiningham bo’ynida jarohatlar bor edi.”deb javob qaytardi u. Van Helsing gapida davom etdi:” Hali hanuz Lyusining qanday o’lim topganini tushunmadingizmi?U ko’p qon yo’qotgandi. Qanday qilib? xuddi o’sha bolalarnikiga o’xshash bo’yindagi jarohat tufayli. Endi menga aytingchi kim bunday qila olishi mumkin?” –“Men Janubiy Amerikada yashaydigan qon so’radigan vampir ko’rshapalaklar haqida eshitganman. Ammo Angliyada bunday ko’rshapalaklar yo’q. Bu bilan siz ko’rshapalaklar bu ishni qilgan demoqchi bo’lyapsizmi? Vampir odam bo’la olishi mumkin, ammo telba odamgina bunga ishonadi” “sizga bir narsani aytishim joiz. Bolalarning qonini ichgan vampir boshqa edi. U Lyusiga hujum qilgan vampir emasdi. Bolalarga hujum qilgan vampir Lyusi edi. Jek Syuard qadirdon do`sti Van Helsinga jahl bilan qaradi, lekin Van Helsing gapida davom etdi : -“Ha, bu haqiqat. Bunga ishonish mushkul. Lekin men buni isbotlay olaman.”

          Birinchi galda u Syuardni kasalxonaga olib bordi. U yerda ular bolalarning bo`ynidagi jarohatni ko`zdan kechirdilar. Ular xuddi Lyusini bo`ynidagi jarohatga o`xshar edi. So`ng ular Lyusining tobuti yotgan qabr oldiga kelsihdi.

          “Nima qilmoqchi bo`lyapsiz?”deb so`radi hayratlangan syuard. Van Helsing tobutning og`zini ochib ichiga qarashni buyurdi. Syuard qarasa uning ichi bo`m bo`sh edi. – “Endi kutib turamiz ”dedi Van Helsing.

          Ular yarim tungacha kutishdi. So`ng qorong`ulikda qandaydir sharpaning harakatlarini ko`rdilar: oppoq sharpa daraxlar orasida qimirlardi. Van Helsing o`zini sharpaga ko`rsatdi. Sharpa to`satdan uxlayotgan bolani yerda qoldirib ko`zdan g`oyib bo`ldi.

          Ular bolani politsiya hodimlari oson topa oladigan yerda qoldirib ketishdi. So`ng  tong otishini kutdilar. So`ng Lyusining tobutiga qaytib keldilar. U boshqa murdalarga o`xshab rangi bo`zargan emas edi. U har doimgidan ham go`zal edi. Van Helsing uning og`zini ochib o`tkir tishlarini ko`rsatdi: – “Ko`ryapsizmi, ular pichoq kabi o`tkir”. Syuard go`zal, ammo endi yovuzga aylangan o`zi sevgan ayoldan ko`zlarini ololmas edi. “Nima qilishimiz kerak”dedi past ovozda. “Uning boshini uzib, og`zini sarimsoq bilan to`ldirishimiz, yuragiga qalin yog`och sanchishimiz kerak.Ammo bu ishni hozir bajarmaymiz. Hali tayyor emasmiz. Men Artur Holmvudning ruxsatini olishimiz kerak”.

8 BOB Qalbni saqlab qolish   

Shu kuni Artur Holmvud va uning yaqin do`sti Kuinsi Moris kasalxonaga borib Van Helsing bilan uchrashdilar. Albatta Artur, Van Helsingdan jahli chiqdi. Uni kallasini uzib tashlash haqidagi fikr qonini qaynatdi.  Avvaliga u eshitishdan bosh tortdi, lekin Kvinsi uni ko`ndirdi. Professor unga tushuntirarkan Artur boshini quyi solib uni tingladi. Va nihoyat Artur o’rnidan turib Van Helsingni qo`lidan tutib dedi : – “Bu juda juda mushkul ish, ammo nima bo`lganda ham men siz bilan boraman.” Yarim tundan so`ng, Van Helsing, Doktor Syuard, Holmvud va Moris Vestenra oilasining qabri boshida turar edilar. Van Helsing Lyusining tobutini ochdi. Holmvud va Moris ichkariga nazar tashladi. Uzoq jimlikdan so`ng Artur past ovozda : – “Bilaman siz hazillashmayapsiz. Siz juda rostgo`y va jiddiy siz. Kimdir tanani o`g`irlagan shekilli. Bu ish bilan politsiya shug`ullangani ma`qul.” Van Helsing bir so`z demasdan tashqariga chiqib ketdi. Hamma tashqaridaligida u maqbara eshigini qulfladi. U xaltasidan o`zi bilan birga olib kelgan oq matoni chiqardi. Uning ichida bir bo`lak non bor edi.  U nonni olib mayda bo`laklarga bo`lib, eshik tirqishiga va devorlarga qo`ydi.  “Bu muqadas non. Endi men hech qanday yovuz narsa kira olmasligi uchun maqbaraning eshigini yopib qo`yaman.” “Endi nima bo`ladi”deb so`radi  Artur. U hali ham Lyusining tanasi yo`qolib qolganidan qayg’uda edi. “Endi tayyor turinglar. Jasurroq bo`ling. Daraxtlar ortidan turib  qabrni shu yerdan kuzatamiz.” Daraxtlar orasidan mayin shaboda esar edi. Bir soatdan so`ng ular bir nimani qimirlayotganini payqab qolishdi. Oppoq sharpa daraxtlar orasida yurar edi. Sharpa qorong`ulikdan chiqib oy nurida ko`rindi. Tilla sochli ayol qabr tomonga qarab yurayotgan edi. Uning qo`lida kichkina bola bor edi. U shubhasiz Lyusi edi. Ammo u mutlaqo boshqacha edi. Uning og`zi atrofi qon edi. Og`zidan oqayotgan qon oppoq kiyimiga surkargan edi. Van Helsing unga qarab qadam tashladi. Ayol yurishdan to`xtab bolani jaxl bilan yerga uloqtirib yubordi. So`ng  uning ko`zi Arturga tushdi. Asta- sekin u tomon qadam bosa boshladi. Artur ortga qadam tashlab yuzini qo`llari bilan berkitdi. Lekin u unga qarab qadam tashlashni davom etdi. Uning yuzi o`zgardi. Arturning yoniga kelib, mayin ovozda: -“Artur sevgilim, men bilan yur, boshqalarni unut”dedi. Artur qo`llarini tushurib unga qaradi. U joyidan qimir etolmasdi. U o`zining go`zal Lyusisi edi… Van Helsing bunga  tayyor edi. Lyusi unga o`zining vampir tishlari tegishidan  oldin u qo’lidagi oltin xoch bilan ularning orasiga sakrab kirdi. Lyusi  xuddi och hayvondek baland qichqirib, ortga qadam tashladi. So`ng maqbari eshishiga qarab yugirib bordi. Lekin eshikka yetganida taqqa to’xtadi. U muqaddas  non qo’yilgan eshikga tega olmasdi. U yugurib daraxtlar ortiga berkindi.  Lyusining oppoq tishlari  qorong`ulikda yaltirar edi. Oraga jimlik cho`kdi. Hali ham qo`lida xoch ushlab turgan Van Helsing Arturga o`girilib: “Endi menga ruxsat berasizmi”dedi. Artur tiz cho`kib yuzini qo`llari bilan berkitdi. “Qilishingiz kerak bo`lgan ishni qiling”dedi u titroq ovozda.  Van Helsing eshik oldiga kelib muqaddas nonni olib tashladi. Shunda Lyusi daraxtlar orasidan tutun kabi  g`oyib bo`ldi. Van Helsing esa nonni joyga qaytarib qo`ydi. “Do`stlarim,”dedi u. “tong otmaguncha hech narsa qila olmaymiz. U tashqariga chiqa olmaydi. Tez orada  uxlab qoladi. Shundan  so’ng biz o’z ishimizni bajaramiz. Tong otayotganda Van Helsing maqbara eshigini ochdi. Lyusi tobutning ichida uxlab yotardi. U har doimgiday go’zal edi. Artur unga qarab ko’z yoshlarini to’xtatib turolmadi. Van helsing tobutning ichida Lyusi Vestenrani emas yosh bolaning qonini ichgan qonxo’rni ko’rib turardi. -“Vampirlar qarilikdan o’lmaydilar. Ular odamlarning qonini so’rib, ularni vampirga aylantirib yashashda davom etadilar. Ular jon bergandan so’ng vampirga aylanadilar.” –“ularning qalbini saqlab qolishni bir yo’li bor” deb qo’lidagi yog’ochga ishora qildi. -“Men bu ishni qila olaman.” “Ammo” dedi u yana Arturga qarab. “Siz uni hammadan ko’ra ko’proq sevardingiz. Bu ishni siz qilishingiz kerak.” -“mening sodiq do’stim, nima qilishim kerakligini aysangiz” –“men Injildan mana bu satrlarni o’qiyotganimda sizni yog’ochni uning yuragiga sanchasiz”dedi professor.

Van Helsing duo o’qiyotganida Artur yog’ochni Lyusining yuragiga sanchdi. Tobut ichidan dahshatli qichqiriq eshitildi. Uning tanasi qimirlar o’tkir tishlari g’irchillardi. Uning og’zidan qon oqardi, lekin Artur to’xtamadi. U yog’ochni vampirning yuragiga yana va yana chuqurroq va yana chuqurroq sanchdi. Va nihoyat u qarshilik qilishdan to’xtadi. “Qabrni tark etishingizdan oldin”dedi Van Helsing Arturga,”oxirgi marta Lyusining yuziga yaxshilab nazar soling. U endi vampir emas. Siz uni qalbini saqlab qoldingiz.” Artur tiz cho’kib Lyusidan oxirgi marta bo’sa oldi. So’ng  u va Kuinsi tashqariga quyosh nuriga  qarab yo’l olishdi. Syuard va professor tobutning yonida qolib oxirgi ishni qilishlari lozim edi. Ular Lyusining og’zini sarimsoq bilan to’ldirib, boshini kesib tashlashdi va oxirgi marta tobutning og’zini yopishdi. Tashqarida professor maqbaraning kalitini Arturga berdi.

          “Ishimizning birinchi qismini nihoyasiga yetkazdik”dedi u. “Endi bu yovuzlikning markazini topib uni yo’q qilish kerak. Men bilan birga borib hayotingiz xatarga qo’yishga tayyormisizlar? Yigitlar unga yelkama yelka turib yordam berishga vada berdilar.

9-bob Karfaks uyi   

Mina va Jonatan Budapeshtda turmush qurib Angliyaga er-xotin bo’lib qaytib keldilar. Yetib kelganlaridan bir necha kun o’tib ular Arturdan xat oldilar: Van Helsing ular bilan uchrashmoqchi ekan.

Van Helsing ularni Peddington bekatida kutib olib, o’zi yashaydigan mehmonxonaga boshlab keldi. U yerda Mina va Jonatan boshdan kechirgan voqealari to’grisida so’zlab berdilar. “Nega avvalroq aytmadingiz?”dedi Van Helsing ular hikoyasini tugatishi bilanoq. “Professor,” dedi Mina erining oqargan yuzi va sochlariga qarab.”U qattiq betob edi. Bo’lgan voqealarni so’zlab berganiga hech qancha ham bo’lgani yo’q.” Van Helsing Lyusi vafot etganidan so’ng sodir bo’lgan voqealarni hammasini so’zlab berdi. -“Men sizni hikoyangizga ishonganim kabi siz ham menikiga ishonasiz, lekin boshqa hech kim bunga ishonmaydi. So’zlab berganlaringiz bizga qo’l keladi. Bizning safimizga qo’shilishingizni istayman. Biz bugun tunda doktor Syuardning uyida yig’ilamiz. Janob Harker, oldinda bizni qanday xatar kutayotganini juda yaxshi bilasiz.”

          -“shunday qilib do’stlarim” deb gap boshladi Van Helsing.”bizning dushmanimiz kuchli, ammo uning nozik nuqtalari bor:u kunduzi uyquga ketadi. Agar biz uni qutisida yotgan holda qo’lga kiritsak, uni yo’q qilishimiz mumkin bo’ladi. –“Buning uchun biz qutilarni qayerda ekanini aniqlashimiz kerak”dedi Syuard. –“biz ularning qayerdaligini bilamiz, Jonatan bizga hammasini aytib berdi. Ular bu yerdan uncha uzoq bo’lmagan Karfaks uyida!” dedi professor. “karfaksda?” Jek Syuard va Artur Holmvud bir ovozda so’radilar. “Karfaks Drakulaning uyi. Men uni sotib olishda ko’maklashganman. Qutilar o’sha yerda ekanligiga aminman.”dedi Jonatan. “Demak, shuning uchun Renfild o’zini g’alati tutayotgan ekan-da!” dedi Syuard.”Ikki hafta oldin u g’oyib bo’lgandi, biz uni Karfaksning yonidagi cherkovdan topdik. –“Nima kutayapmiz? Ketdik” dedi Artur. –“Shoshmang”dedi Van Helsing. “Avval tayyorlanishimiz kerak”deb cho’ntagidan oltin xoch va sarimsoq gullaridan qilingan marjonni olib, ikkisini ham Jonatanning bo’yniga ilib qo’ydi. Syuard Artur va Kuinsi ham bo’ynilariga sarimsoq gullarini taqdilar. Professor Minaning oldiga kelib:”Mina xonim bizga qo’shilmaganingiz ma’qul. Bu ayollarning ishi emas. Bugun ko’p yo’l yurib charchagansiz, dam olishingiz kerak” dedi.  

          Jek Syuardning xalqasida juda ko’p eski kalitlar bor edi. O’n to’rtta kalitning birortasi ham eshikka tushmadi. Va nihoyat o’n beshinchisi qulfni ochdi. Eshik yengilgina ochildi. Van Helsing kirishdan avval o’ng qo’li bilan havoda xoch hosil qildi. Pol iflos edi. Undan yerning hidi kelardi.”Bu uning nafasi. Bu hidni juda yaxshi eslayman”dedi Jonatan. Van Helsing qum to’ldirilib, devorga taqab qo’yilgan qutilarni sanadi. –“yigirma to’qqizta ekan” dedi jahl bilan boshqalarga o’girilib.-“ Bu yigirma bitta quti allaqachon jo’natilgan degani. Dushmanimiz bizdan bir qadam oldinda.” U qutilarni yana sanay boshladi. Sanayotganida kimdir uning qo’lidan ushladi. U Artur edi. –“nima bo’ldi? Deb so’radi betoqatlangan Van Helsing. –“menimcha kimnidir yuzi ko’ringanday bo’ldi” dedi Holmvud qorong’u yo’laklardan biriga ishora qilib.”bor yo’g’i bir soniyaga yuzi oqargan qizil ko’zli yovuz tabassumli chehra ko’rindi.

Bir oz muddat hech kim joyidan jilmadi. So’ng Artur mardlarcha jilmayib:”ko’zimga soya ko’ringan bo’lsa kerak” dedi. Kuinsi Morris chirog’bonni olib yo’lakda yurishda davom etdi.-”Bu yerda hech zot yo’q”dedi  boshqalarni tinchlantirish uchun. Ammo to’satdan u ortga qadam tashladi. Eski cherkov harakat bilan jonlangandi. Qorong’u burchaklar va ular atrofidagi yo’laklar g’alati qizil chiroqlar to’la boshladi. Qorong’ulikda minglab mitta qizil yulduzlar porlardi.

“Ko’rshapalaklar!” deb qichqirib yubordi Kuinsi.

“Hamma eshikka qarab yugursin!” deya qichqirdi Van Helsing. Bir zumda hamma yerni ko’rshaplaklar qopladi. Ular oyoq ostida, ularning sochida va kiyimlarida osilib turardi…

Va nihoyat ular eshikka yetib kelib uni mahkam qulfladilar. Tashqarida- oy nurida ular xavf xatardan holi edilar. Ular sovuq va toza havodan chuqur nafas olib yengil tin oldilar. -“Artur, ertaga qaytib kelganimizda o’zingiz bilan itlaringizni olib keling” dedi Van Helsing. “Ertaga? Men bu yerga boshqa qaytib kelishni umuman istamayman” dedi Syuard.  –“Biz shunday qilishga majburmiz. Qutilarni yo’q qilishimiz shart. Qolgan yigirma bitta qutilarni ham topishimiz zarur. Shunday qilmasak, hech qachon o’sha qonxo’rni o’ldira olmaymiz.

10-bob Ularning qoni bir

Beshovlon nonushta qilar ekanlar ulardan hech biri bir og’iz so’z demasdi. Nihoyat jimlikni Van Helsing buzdi:”Yigirma bitta quti endi yo’q” dedi umidsizlik bilan. –“Balki u qutilarni butun Angliya bo’ylab tarqatgandir.” –“Bu juda ham ko’p” dedi Artur –“Agar ular kunduzi jo’natilgan bo’lsa, kasalxonadagilardan kimdir ularni ko’rgan bo’lishi kerak.”

Doktor Syuard chashkasini qarsillatib qo’yib xonadan shoshilib chiqib ketdi. Bir ozdan so’ng qo’lida bir parcha qog’oz bilan qaytib keldi.-“Nega avvalroq hayolimga kelmadi ekan? Dedi u xursand bo’lib. UKarfaksdan faytonda kelayotgan  ikki kishiga Renfild hujum qilgani to’g’risida so’zlab berdi.-“Men ularni ismlarini yozib olgandim” deya qog’ozni ularga uzatdi. Ehtimol Renfild ular Drakulani olib ketayotganlarini bilgan. Van Helsing birdan o’rnidan turib:”endi rejalarimizni tuza olishimiz mumkin!” dedi jilmayib. Uning ko’zlaridagi so’ngan umid qayta jonlangandi. Bir soatdan so’ng Jonatan Smollet va Snellingni izlab topish uchun Londanga yo’l oldi. Qolgan to’rtovlon Karfaksga qaytib ketishdi. Kunduzi bu yer uncha qo’rinchli emadi. Ko’rshapalaklar yo’qligi uchun Arturning itlariga hojat qolmadi. Professor har bir qutini ochib, unga muqaddas non solib qo’ydi. –“Endi hech qanday vampir bu qutida dam ololmaydi.” Dedi.

Ular qaytib kelganlarida Mina nonushta qilayotgandi. U biroz betob va ranggi ochargan bo’lib ko’rindi. Ammo u doktor  Syuardning kasalxonani ko’rsatish haqidagi taklifiga bajonidil rozi bo’ldi. Doktor Minaga Renfild haqida gapirib berganida unga qiziqib qoldi. “uni ko’rsam bo’ladimi?” deb so’radi Mina. Uning shirin jilmayib turganini ko’rgan Syuard yo’q deya olmadi. Doktor Minani REnfildning xonasiga olib kirganida u yotog’ida jim o’tirardi. –“Xayrli kech, janob Renfild!” “Doktor Syuard siz haqingizda gapirib berdi” Renfild javob qaytarmadi. U Minaga jiddiy nazar tashladi va doktorni hayron qoldirib:”Siz Doktor uylanmoqchi bo’lgan qiz emassiz shekilli. Yo’q mumkin emas axir u o’lgan-ku.”dedi. Mina muloyim  jilmayib:”Meni erim bor. Men unga doktor Syuardni uchratishimdan oldin turmushga chiqqanman.”dedi. –“unda bu yerda nima qilyapsiz?” –“Men va erim doktor Syuardni ko’rgani keldik” –“bu yerda qolmanglar” –“Nega?” Bu suhbat Mina uchun ko’ngilsiz bo’la boshladi. –“turmushga chiqayotganimni qayerdan bilardingiz?” –“Bu ahmoqona savol” dedi u doktorga qo’pol nazar tashlab. So’ngra u Minaga qarab muloyim jilmaydida u bilan bir necha daqiqa muhabbat va hayot to’g’risida suhbatlashdi. U hattoki nima uchun tirik mavjudotlarni yeyishini tushuntirib berdi. “Qon bu hayot demakdir. Shunday emasmi doktor?” doktor Syuard uning sokin ovozi va mayin tabassumidan hayratda edi. Shuning uchun uning fikriga qo’shilmasdan iloji yo’q edi. U qo’l soatiga qarab:”Endi ketishimiz kerak.” dedi. “Xayr janob Renfild. Siz bilan yana uchrashamiz deb umid qilaman” dedi Mina. Renfild uning qo’llaridan tutib ko’zlariga boqdi:”xayr qadrdonim. Sizni go’zal chehrangizni hech qachon qaytib ko’rmasam kerak.”

          Yarim tunda Van Helsing dahshatli qichqiriqdan uyg’onib ketdi. U kiyimlarini kiyar ekan eshik ortidan qadam tovushlari eshitildi. Tungi soqchi doktor Syuardning xonasiga yomon xabar bilan yugurib ketayotgandi. Renfildga shikast yetgandi. Doktorlar uning xonasiga yugurib kelib uni yerda qonga belanib yotgan holda topishdi. U tirik edi, ammo zo’rg’a nafas olardi. -“Anjomlaringizni olib keling. Bu baxtsiz tasodif emas. Kimdir uning joniga suiqasd qilgan. Tezda uning boshini kesib tashlashimiz kerak. Aks holda u jon beradi. Balki u bizga bo’lgan voqealarni so’zlab berar.”dedi Van Helsing. U endigina ishini boshlamoqchi bo’lib turganida Renfild ko’zlarini ochdi va madorsiz holda “U keldi” dedi. “U tuman ichida derazamning yoniga keldi. tashqarida turib mening ustimdan kuldi. Avvaliga men uni ichkariga taklif qilmadim, lekin u juda ko’p narsalarni vada qildi… barcha yeya olishim mumkin bo’lgan narsalar-ko’rshapalaklar… yuzlab, minglab millionlab ko’rshapalaklar itlar va mushuklar, barcha tirik mavjudotlar! O’ylab o’tirmasdan oynani ochib uni ichkariga taklif qildim. U panjaralardan xuddi oy nuriday xonamga kirdi… shundan so’ng uni kun bo’yi kutdim… “Shundan so’ng Harker xonim mening xonamga keldi. Bo’zargan yuzini ko’rib, uning ham oldiga kelgan deb o’yladim. U xonimnikiga yana tashrif buyurmoqchi edi. Harker xonim men bilan yaxshi munosabatda bo’ldi. Uning hayotini tortib olishini istamadim, shuning uchun bu kecha men uni kutib turgandim.

          Xonamga quyuq tuman kelayotganda men uni qattiq ushlab oldim. Bilaman men telba odamman.  Telba odamlar  odatda juda kuchli bo`ladilar. Men u bilan kurashdim.  G`alaba men tarafda edi. Lekin uni ko`zlarini ko`rganimda…  Ular meni olov kabi yondirdi. U  ortiq ushlab tura ololmadim. Men kuchsizlanib qoldim, so`ng… Renfildning ovozi pasaydi, so`ng o`chib qoldi: u jon bergandi. Bir so`z demasdan Van Helsing va Syuard tepaga yugurib chiqishdi. Ular Artur va Kvinsi bilan Minaning eshigi yonida uchrashishdi. Eshikka bosh qo`yib tinglashdi. “Tinchlikka o`xshayapti”dedi Syuard past ovozda. “Bu telbaning so`zlariga ishonsak bo`ladimi?”

          “Tekshirib ko`rishimiz kerak”dedi Van Helsing.  U eshikni ochishga urinib ko`rdi, ammo u qulf edi. Artur o`zini eshikka urdi va gursilab ochildi. To`rtovlon ostanada ko`rganlariga ishonqiramay turishardi.

          Ochiq oynadan ichkariga  oy nuri xonani kumush yorug`lik bilan to`ldirib turar edi, devorlarda qora soyalar paydo bo`lgan edi. Mina oq tungi ko`ylakda tiz cho`kib yotog`ining oldida o`tarar edi. Uning yonida baland bo`yli, ozg`in, qora kiyimli kishi turar edi. Uning ko`ylagini oldi ochiq edi. Uning chap qo`li Minaning ikki qo`lidan mahkam tutib turardi. O`ng qo`li esa Minaning yuzini bag`riga bosib turardi. Avvaliga ular xuddi oshiqlarday  ko`rindilar. Lekin Minaning tungi ko`ylagiga qon surkalgan edi. Erkakning bo`ynidan oqayotgan qon uning ko`kragiga tegib turar edi. U minaning lablarini oqayotgan qonga bosdi va ostonada turgan to`rtovlonga qarab ko`zlari yonishni boshladi. U og`zini ochib o`zini dahshatli o`tkir, oppoq tishlarini ko`rsatdi. So`ng u Minani yotog`iga itarib yuborib oynadan sakradi.

          Van Helsing nima sodir bo`layotganini anglagan edi. Yotoqda yotgan Mina bir necha daqiqadan so`ng: “Bu xuddi tushdek edi”dedi madorsiz ovozda. “Xuddi shunday tushni kecha tunda ko`rgan edim. Ko`zim ilinay deganida ko`zlari porlab turgan bir kishi kelib ko`ylagini yechdi, o`z tirnoqlari bilan bo`ynini tirnalab lablarimni o`sha qonga bosdi. Ichayotganimda u menga: – “endi bizning qonimiz va fikrimiz bir. Mening dushmanlarimga yordam berding endi menga yordam berasan”dedi”. So`zini tugatib bo`lganidan so`ng oraga sukunat cho`kdi. “Shu rostmi?”dedi u ko`zlarida yosh bilan. “Endi men u bilan bir umr bog`liqmanmi? O`lganimdan so`ng…”. “Bolam”, dedi Van Helsing. Biz seni qattiq qo`riqlaymiz.  Senga bee`tibor bo`ldik. Endi bunday qilmaymiz. Vampir bugun g’olib bo’ldim deb o’ylasa adashadi.

11-bob Vaqt bilan bellashuv

Jonatan Minaga nima bo’lganini eshitib aqldan oza yozdi. U boshini urib, telbalarcha” Drakula… hammasi meni deb bo’ldi” derdi. Mina va Van Helsing uni tinchlantirishdi va u Londonga tashrifi haqida gapirib berdi.-“qolgan qutilarni qayerda ekanini bilaman. Smollet va Snellingga pul to’lab, ularning manzilini oldim.” –“U holda u yerga tez yetib borishimiz kerak”dedi Van Helsing “Lekin avval Minani qo’riqlash yo’lini topishimiz lozim.” –“men sizlar bilan boraman. Mana ko’rasizlar umuman qo’rqmayman”dedi Mina. Londonda beshovlon va Mina grafning qutisidan boshqa hamma qutilarni topib, ularni yo’q qilishdi.

O’sha kuni ular Minani ehtiyotkorlik bilan qo’riqladilar. Tongda doktor Syuard uning ahvolini so’radi. –“ozgina charchadim. Juda uzoq tush ko’rdim. Tushimda qayiqda edim, suvning ovozini eshitdim.”

          Doktor Syuard professorga qarab: -“Ehtimol u uyqusida Drakulaning fikrini o`qiy olar?” “Bo`lishi mumkin. Agar bu rost bo`lsa Drakula o`zining oxirgi qutisida mamlakatni dengiz orqali tark etayapti. U yo`l olgan. Lekin quti qaysi kemada ekan?”

          “Nega buni bilishimiz kerak”deb so`radi Mina. “U mamlakatni tark etayapti. Shuning o`zi yetarli emasmi?” Van Helsing uni qo`llaridan tutdi “Mina honim siz vampirning qonini ichgansiz. Sizning qalbingizni saqlab qolishimiz lozim. Buning uchun uni yo`q qilishimiz kerak”

          Ular Qirolicha Ketrin degan kema Londandan Qora dengizga suzib ketganini aniqlashdi. Bir odam   kemaga quti joylashtirib uning uchun juda ko`p pul to`labdi.

          Beshovlon va Mina darhol Parijga ketadigan poyezdga o`tirishdi. U yerdan ular tez yurar poyezdga o`tirib Varnaga kelishdi va Qirolicha Ketrinni kelishini kutishdi. Ular kemani deyarli ikki hafta kutishdi. Har tunda Minaning tushiga qayiq va suvning ovozi kirar edi. Har kuni Van Helsing va doktor Syuard Minada o`zgarishlar bor yo`qligini tekshirishar edi.  Ular Minaning tishlarini, ko`zlarini va terisini diqqat bilan ko`zdan kechirishdi. Ularning Varnaga kelganiga ikki hafta bo`lganidan so`ng, dengizni quyuq tuman qopladi. Hech kim Qirolicha Ketrinni portdan va Dunay daryosidan Galatsgacha suzib o’tganini ko’rmabdi.” Uni qidirayotganimizni juda yaxshi biladi” dedi Van Helsing.”Mina xonim uning fikrini o’qiy oladi, ammo shuni unutmasligimiz kerakki u ham Minaning fikrini o’qiy oladi.”

Ular poyezga o’tirib Galatsga borishdi. U yerda quti haqida biladigan odamni topishdi. Ular o’z rejasiga o’zgartirish kiritishlari kerak edi. Uzoq muhokamadan so’ng, ular Drakula qasriga dengiz orqali ketayabdi degan fikrga kelishdi. “O’ylashimcha biz quyidagicha ish tutishimiz lozim”dedi Van Helsing.”Artur va Jonatan qayiqqa o’tirib vampirning ortidan borishadi. Jek va Kvinsi, sizlar otda ularning ortidan borasizlar. Mina va men Verestigacha poyezda borib u yerdan to’g’ri qasrga qarab boramiz. Yo’lga tushishdan oldin Van Helsing Syuardga sekingina:”Sezdingizmi Jek? Mina xonim o’zgarayapti. Uning tishlari o’tkirlashgan. Ba’zida uning yumshoq nazari qattiqlashganday bo’ladi. Shuning uchun uning eri Artur bilan ketishini istayman. U bu o’zgarishlarni ko’rmasligi kerak. Men Mina xonim bilan qolib uni himoya qilaman. Har bir daqiqa g’animat.

Jonatan va Artur ikki kun dengizda bo’lishdi. Kecha-yu kunduz suzib bor yo’g’i bir necha qayiqlarni ko’rishdi, ammo ular katta va og’ir quti uchun juda kichkina edi. Uchinchi kuni Bistritsadan suzib o’tayotganlarida Slovaklar ularga katta qayiq ko’rganlarini aytdilar. Afsuski, ularning qayig’I bir nimaga urilib ketdi shuning uchun ular to’xtab qayiqni tuzatishlariga to’g’ri keldi. Ular ko’p vaqt yo’qotdilar buning ustiga havo ham yomonlashayotgandi. Bisritsgacha bor yo’g’i o’ttiz besh mil qolgandi. Shunday qilib ular qayiqni tashlab Mina va professor bilan uchrashadigan joyga otlarda ketishdi.

          Professor va Mina Verestiga  Oktabrning oxirgi kunida yarim kunda yetib kelishdi. Professor topgan fayton  ularni Verestidan  62 mil uzoqlikda tog`lar orqali Bisrits  yo`ligacha olib bordi. U ovqat va issiqroq kiyimlar ham sotib oldi. Yo`l yomon bo`lgani bilan Van Helsing charchamadi. Faqat ozgina uxlab olish uchun bir mudatga to`xtadi. Har safar qishloqqa kelganida otlarni almashtirdi. Ikkinchi kuni ular Bisrits yo`liga yetib kelishdi. Mina uxlar edi, ammo endi uning tushiga suv kirmay qoldi. Endi Drakula o`z qasriga quruqlik orqali ketayotgan edi. Ikki soatdan so`ng daraxtlar orasidan,  bulutlar ortidan qora shakl ko`rindi. Bu Drakula qasrining gumbazi edi. Van Helsing daraxtlar orasida to`xtadi. Qor yog`ayotgani uchun o`choq yoqdi. Mina olov atrofida o`tirganida uning atrofiga aylana chizdi. U aylana ichiga muqaddas non qo`ydi. So`ng aylana tashqarisida turib Minani kuzatdi. -”Mina bu yerga kel”. Mina javob bermasdan o`rnidan turdi. U tarafga qarab yurayotganida birdan to`xtab qoldi. U xuddi boshqa qadam tashlay olmaydiganday tuyuldi. Van Helsing u tomonga qo`lini cho`zib “Beri kel” deb qaytaldi.  U kallasini qimirlatib tiz cho`kdi. U xaq edi. U deyarli vampirga aylangani uchun aylanadan chiqib keta olmasdi. Agar u chiqib keta olmasa, demak boshqalar ham kira olmaydi. “Mina xavfsiz bo`ladi.” deb o`yladi u. “Men xam Minadan ehtiyot bo`lishim kerak”.

          Qorong`u tushdi. Ba`zida otlar qo`rqqanidan hurkib qo`yardi. Van Helsing ularni oldiga borib tinchlantirda. U holdan toygan edi. Lekin Mina uyg`oqligida uxlab qolishi juda xavfli edi. Ertalab soat uchlarda olov so`na boshladi. Ular qor kuchayishidan oldin g`o`la topishlari kerak edi. Van Helsing joyidan qo`zg`alganda Mina uni to`xtatdi.“Aylanani tark etmang. Bu yerda siz xatardan holisiz.” –“Men sizdan havotir olyapman”dedi Van Helsing. Mina juda g`alati kuldi: “Mendan havotir olmang. Bu yerda men xavfsizman.”

          Van Helsing hech narsaga tushunmadi, shunda otlar qichqirishni  boshladi. Qarasa, qorong`ulikda uchta ayol turardi. Ular juda go`zal bo`lib, juda sekin harakat qilishar edi. “Shu ayollar Jonatanning qonini ichgan bo`lishlari kerak”deb o`yladi. Ular Minani o`ziga chorlardi. Endi u aylana yetarlicha himoya bo`la olmasligiga amin edi. U yonayotgan g`o`lani bir bo`lagini olib ayollarga qarab otib yubordi. Ular qattiq qichqirib ko’zdan g’oyib bo’ldilar. Yana oraga sukunat cho’kdi. Van Helsingni sillasi qurigan edi, ammo u uxlamasligi kerak edi chunki Mina unga g’alati qarashni boshlagandi. U deyarli vampirga aylanib bo’lgandi.

Tong sekin otdi. Qor yog’ishdan to’xtagan bo’lishiga qaramay, osmoni qora bulutlar qoplagan edi. Jonatan, Doktor Syuard, Artur va Kvinsi qo`laridan kelguncha tez yetib keldilar. Ular dushmandan yiroqda emasdilar. Ular tog` yo`lida arava va bir necha kishilarni ko`rdilar. Ular kun bo`yi to`xtamasdan ketardilar, lekin Drakulaning qutisi ketayotgan arava ulardan ham tezroq harakat qilardi. To`satdan ular o`q ovozini eshitdilar. Yigitlar arava yonida qo`llarida pichoq bilan turardilar. Van Helsing ularning ro`parasida yo`lning o`rtasida to`pponcha ushlab turardi. U yolg`iz ular esa ko`pchilik edi. Uning qo`lida to`pponcha bor edi, lekin ularning  hammasi baravariga hujum qilishlari mumkin edi…  To`satdan Ularning oldiga ot arava keldi. Jonatan aravani boshqarayotgan edi. U qo`lida pichoq bilan telbalarcha baqirardi. Jonatan va Kvinsi otdan tushib aravaning yoniga yugurib borishdi. Qisqa mudatli kurashdan so`ng hujum qilgan odamlar tog` tomonga qarab qochib ketishdi. Ular Drakula qasriga qorong`u tushishidan oldin yetib borishdi. Artur, Van Helsing va doktor Syuard Drakulaning oxirgi yordamchilari bilan jang qilayotganida Jonatan aravaga sakrab chiqib oldi. Jarohatlangan Kvinsi ham unga qo`shildi. Qutining ichidagi Drakula qimirlay boshladi. Uning ko`zlari ochilib, yuzida yovuz tabassum paydo bo`ldi.  Ularda o`tkir yog`och bo`lmagani tufayli, Jonatan o`z pichog`i bilan Drakulaning bo`yniga chuqurroq sanchdi. Kvinsi esa qo`lidagi pichoq bilan tog`ri Drakulaning yuragiga sanchdi. Drakula daxshatli ovoz bilan qichqirdi. Jonatan uning kallasini tanasidan judo qildi. Qichqiriq birdagina tindi. Vampirning yuzi yengil tin olgandi. Shundan so’ng uning tanasi g’oyib bo’ldi. Bir necha soniyalardan so’ng ular bo’sh qutiga qarab turishardi. Mina Kvinsini jarohatlanganini ko’rib, atrofidagi muqaddas aylana yugurib chiqib ketdi. U yuzi bilan yerda yotardi, biqinidan oqayotgan qon qorga surkalgan edi. Jonatan Kvinsining boshini ushlarkan, Mina uning qo’lidan tutib dedi:”biz yutdik. Uning ustidan g’alaba qozondik.” Kvinsi chuqur nafas olib Minaga nazar tashladi”Yordam bera olganimdan xursandman.” So’ng Amerikalik  sayyoh ko’zlarini yumib yuzida tabassum bilan jon berdi.

Mina sekin o’rnidan turdi. U jasur va qadrdon do’stining o’limidan qattiq xafa edi. Van Helsing Syuardga qarab”siz ham sezdingizmi?”dedi. Syuard professor nimani nazarda tutayotganini bilardi. Minaning yuzi boshqacha edi. Uzun tishlar,terining notabiiy ranggi va uning ko’zlaridagi g’alati nazar endi yo’q edi. U yana avvalgi holiga qaytgandi. Minaning qalbi saqlab qolingandi.

No Comments so far

Jump into a conversation

No Comments Yet!

You can be the one to start a conversation.

Your data will be safe!Your e-mail address will not be published. Also other data will not be shared with third person.

один × один =