OTMGA KIRISH IMTIHONLARIDA CHET TILI FANIDAN KASBIY / IJODIY IMTIHON OʻTKAZISH YOʻLGA QOʻYILADI

21.01.2022 1331

“Xorijiy tillarni oʻrganishni takomillashtirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi Hukumat qarori (34-son, 19.01.2022 y.) qabul qilindi.

Qarorga koʻra, Xorijiy tillarni oʻrganishni ommalashtirish agentligining byudjetdan tashqari jamgʻarmasiga bir martalik 15 mlrd soʻm miqdorida mablagʻ ajratiladi.

2022-yil 1-martdan chet tili fani oʻqituvchilarining tinglab tushunish, oʻqish, yozish hamda gapirish kompetensiyalarini rivojlantirishga hamda sertifikatga ega boʻlishga yoʻnaltirilgan oʻquv kurslari tashkil etiladi.

2022/2023-oʻquv yilidan maktablar uchun zamonaviy til oʻrgatish metodikalari asosida ishlab chiqilgan chet tili darsliklari chop etiladi.

Shuningdek, 2022/2023-oʻquv yili qabulidan xorijiy tillar boʻyicha mutaxassislarni tayyorlashga ixtisoslashgan bir qator OTMlarga kirish imtihonlarida chet tili fanidan tinglab tushunish, oʻqish, yozish hamda gapirish kompetensiyalarini aniqlash va baholashga qaratilgan kasbiy (ijodiy) imtihon oʻtkazish yoʻlga qoʻyiladi. Jumladan:

fanlar majmuasiga chet tili birinchi fan sifatida kiritilgan quyidagi OTMlarning bakalavriat taʼlim yoʻnalishlariga: 

  • Oʻzbekiston davlat jahon tillari universiteti;
  • Samarqand davlat chet tillar instituti;
  • Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti.

quyidagi OTMlarning xorijiy tillar boʻyicha pedagoglarni tayyorlovchi bakalavriat taʼlim yoʻnalishlariga:

  • Toshkent davlat pedagogika universiteti;
  • Qoʻqon davlat pedagogika instituti;
  • Nukus davlat pedagogika instituti.

Chet tili fanidan kasbiy (ijodiy) imtihon Davlat test markazi tomonidan amalga oshiriladi.

2024/2025-oʻquv yilidan OTMga kirish imtihonlari uchun belgilangan majburiy fanlar majmuasiga chet tili fani bosqichma-bosqich kiritiladi.

2022-yil 1-sentabrdan maktabgacha, umumiy oʻrta, oʻrta maxsus va professional, shuningdek, maktabdan tashqari taʼlim tashkilotlari chet tili fani oʻqituvchilarining attestatsiyasi jarayonioʻquv fani boʻyicha malaka sinovlari Taʼlim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi tomonidan amalga oshiriladi.

2022-yil 1-fevraldan 2024-yil 1-yanvargacha Toshkent va Samarqand shaharlarida faoliyat yuritadigan nodavlat taʼlim tashkilotlari:

bino va inshootlar ijara toʻlovi xarajatlarining 50 foizigacha qismini qoplab berish tartibi joriy etiladi;

vazirlik va idoralar tizimidagi kollej va texnikumlarda faoliyatini amalga oshirganida ijara toʻlovidan ozod etiladi (saqlash va kommunal toʻlovlar boʻyicha xarajatlar bundan mustasno).

2022-yil 1-fevraldan C1 darajadagi milliy yoki unga tenglashtirilgan mos darajadagi xalqaro tan olingan sertifikatga ega rus tili fani oʻqituvchilariga sertifikat olingan kundan boshlab 2 yil davomida ustama toʻlanadi.

Batafsil ma’lumot olish uchun havola.

No Comments so far

Jump into a conversation

No Comments Yet!

You can be the one to start a conversation.

Your data will be safe!Your e-mail address will not be published. Also other data will not be shared with third person.