“AKADEMIK HARAKATCHANLIK” DASTURI: YOSH OLIMLAR OʻRTASIDA TANLOV EʼLON QILINDI

25.10.2021

Yoshlar akademiyasi “Akademik harakatchanlik” dasturi doirasida barcha fan yoʻnalishlari boʻyicha yosh olimlar oʻrtasida tanlov eʼlon qiladi.

Akademik harakatchanlik dasturi – yosh olimlarning oʻz ish joyidan ajralmagan holda, Oʻzbekiston Respublikasi hududida yetakchi ilmiy markazlarda oʻtkaziladigan ilmiy tadbirlarda ishtirok etishi, ilmiy-tadqiqot ishi boʻyicha loyihalarni amalga oshirishni, shuningdek, tajriba almashishni nazarda tutuvchi dastur. Yaʼni ilmiy faoliyat bilan shugʻullanayotgan yosh olimlar uchun vazirlik, idora va tashkilotlar tasarrufidagi ilmiy tashkilot va oliy taʼlim muassasalarining zamonaviy ilmiy laboratoriya va tajriba-konstruktorlik byurolarida oʻzlarining loyihalarini amalga oshirishlari uchun tanlov asosida foydalanishlariga imkon beruvchi dastur.

Dasturda ishtirok etish uchun qoʻyiladigan shartlar:

1.  Loyiha ijrochisining yoshi ularning ilmiy darajasi, unvoni, mansabi va ish joyidan qatʼi nazar 40 yoshdan oshmasligi;

2. 1 ta ishtirokchi 1 ta ilmiy loyiha bilan ishtirok etishi;

3. Topshirilgan ilmiy loyiha summasi bazaviy hisoblash miqdorining 200 baravaridan oshmasligi;

4.  Dasturni amalga oshirish muddati 1 oydan 6 oygacha boʻlishi.

Tanlov doirasida Ilmiy loyihalar boʻyicha takliflar joriy yilning 20-noyabriga qadar qabul qilinadi.

Tanlov haqida batafsil: https://yoshlarakademiyasi.uz/2021/10/22/yoshlar-akademiyasi-akademik-harakatchanlik-dasturi-2-mavsumini-elon-qiladi/

No Comments so far

Jump into a conversation

No Comments Yet!

You can be the one to start a conversation.

Your data will be safe!Your e-mail address will not be published. Also other data will not be shared with third person.

16 − ten =