AKADEMIK VA DOKTORANTLAR BILAN UCHRASHUV TASHKIL ETILDI

16.05.2024

16-may kuni Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vaziri oʻrinbosari Otabek Mahkamov Oʻzbekiston milliy universitetida faoliyat olib borayotgan akademik va doktorantlar bilan muloqot qildi.

O. Mahkamov avval akademiklar bilan suhbatlashib, ularning ilm-fan va oliy taʼlim sohasini rivojlantirishga qaratilgan taklif va tashabbuslarini tingladi, uchrashuvda koʻtarilgan masalalar yuzasidan yechim berib, munosabat bildirdi.

Soʻng universitetda ilmiy faoliyat bilan shugʻullanayotgan 120 nafar doktorant, tayanch doktorant hamda mustaqil tadqiqotchilar bilan suhbatlashdi. Ochiq muloqotda yosh olimlarni qiziqtirgan qator masalalar atroflicha muhokama qilindi. Shuningdek, ilmiy izlanishlarning samaradorligini oshirish va ularning natijalarini tijoratlashtirish borasida ham fikr almashildi.

https://gov.uz/edu