BIRINCHI XALQARO YOSHLAR INNOVATSIYA FORUMI OʼTKAZILADI

16.09.2020

Joriy yilning 3—5 noyabr kunlari Innovatsion rivojlanish vazirligi hamda  Yevroosiyo injiniring kompaniyasi toomnidan hamkorlikda InnoWeek-2020 innovatsion gʼoyalar haftaligi doirasida «Birinchi xalqaro yoshlar innovatsiya forumi – 2020» oʼtkaziladi. Mazkur tadbir Oʼzbekiston Respublikasi Prezidentining “Ilm-maʼrifat va raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish yilida” 2017-2021 yillarda Oʼzbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yoʼnalishi boʼyicha Harakatlar strategiyasini amalga oshirish boʼyicha davlat dasturi toʼgʼrisida”gi farmoniga binoan va Innovatsion rivojlanish vazirligi hamda “Evroosiyo injiniring kompaniya”si MChJ oʼrtasida imzolangan shartnoma asosida rejalashtirilgan. 

Yevroosiyo injiniring kompaniyasi (EEC Russia) – xalqaro injiniring, moliya va ilmiy-texnik institutlarni birlashtiruvchi innovatsiya markazidir. EEC Russia energetika, energetika va resurslarni tejash, qishloq xoʼjaligi, ekologiya va muhandislik sohalarida xalqaro loyihalarni amalga oshiradi.

«World youth innovation forum – 2020» birinchi xalqaro yoshlar innovatsiya forumini Oʼzbekistonda oʼtkazishdan maqsad istiqbolli loyihalarni amalga oshirish uchun mablagʼ toʼplash, shuningdek, milliy innovatsion loyihalarni qoʼllab-quvvatlash orqali Respublikada innovatsiyalar sohasini ragʼbatlantirish va rivojlantirish  uchun sharoit yaratishdir. Xususan, forum loyihalarni amalga oshirish markazi boʼlgan davlat, biznes va innovatsiya soha vakillarining oʼzaro aloqalari uchun doimiy platforma yaratadi.

Forum toʼrtta raqamli platformadan iborat:

1. Innovatsion loyihalar koʼrgazmasi – yosh innovatorlar va texnologik tadbirkorlarning loyihalarini taqdim etish uchun koʼrgazma platformasi. Forum ishtirokchilari loyihalarning imkoniyatlarini baholash va ularni amalga oshirish istiqbollarini koʼrib chiqish imkoniyatiga ega boʼladilar.

Koʼrgazma boʼlimlari: Energetika, qishloq xoʼjaligi, sanoat va qurilish, IT va biotexnologiya. Koʼrgazma natijalari boʼyicha Oʼzbekiston Respublikasi Hukumatining grant mablagʼlarini ajratish bilan keyingi amalga oshirish va tijoartlashtirish uchun loyihalar tanlab olinadi. 

2. Biznes dastur – ishtirokchilarga 5 ta raqamli blok taqdim etiladigan raqamli platformadan iborat:

  • Biznes dastur treklari – yoshlar texnologik tadbirkorligini qoʼllab-quvvatlashning istiqbollari va mexanizmlarini muhokama qiladigan panelь sessiyalar, brifinglar va foresight sessiyalardan iborat.
  • Аkseleratsiya bloki – texnik, marketing, moliyaviy va boshqa masalalar boʼyicha ekspert baholash va murabbiylik tavsiyalarini olish uchun yoshlar loyihalarining bir qator taqdimotlari.
  • Taʼlim bloki – turli xil biznes sohalarining yetakchi vakillaridan treninglar, taqdimotlar va amaliy tadqiqotlar.
  • Keys-chempionatlar – maʼlum bir kompaniyaning amaliyotidan kelib chiqib, haqiqiy biznes muammolarini hal qilish uchun jamoalar taklif qilinadigan musobaqalar.
    Hackathons – jamoaviy oʼyin, uning davomida ishtirokchilar birgalikda kompaniyaning texnik va amaliy muammolarini hal qilishadi.

3. Koʼngilochar dastur – ishtirokchilarga 4 ta raqamli blok taqdim etiladi:

• Koʼngilochar dastur – Onlayn kontsertlar;

• Ted-Talks – Yangi texnologiyalar soxasidagi tadbirkorlar qisqa taqdimotlarda oʼzlarining muvaffaqiyatlari haqidagi hikoyalarini oʼrtoqlashadilar;

• Speed-dating – sarmoyadorlar va startap asoschilari biznes bilan tez tanishishda qatnashadilar. 

4. Boʼsh ish oʼrinlari yarmarkasi – turli sohalardagi ish beruvchilar oʼzlarining mavjud boʼsh ish oʼrinlarini taqdim etadilar, yoshlar uchun stajirovka yoki vaqtinchalik ish taklif qiladilar, shuningdek tashkilotlar davlat korporatsiyalarida ishlaydigan yoshlarning istiqbollari toʼgʼrisida gaplashadilar. Bundan tashqari, maslahatchilar maʼlumotnoma yozishda yordam berishadi va nomzodlarning raqobatdosh ustunliklarini hisobga olgan holda intervyu berish boʼyicha maslahat berishadi. Mahorat darslarida murabbiylar intervьyuga qanday tayyorgarlik koʼrish haqida malsahat berishadi va kasbiy rivojlanish strategiyasini yozish sirlari boʼyicha maslahatlar berishadi. 

Manaba: https://mininnovation.uz

No Comments so far

Jump into a conversation

No Comments Yet!

You can be the one to start a conversation.

Your data will be safe!Your e-mail address will not be published. Also other data will not be shared with third person.

17 + 9 =