BOBUR KABI SEVING VATANNI…

14.02.2022

O‘zbekiston davlat jahon tillari universitetining Sharq filologiyasi fakulteti hamda O‘zbek tili va adabiyoti kafedrasi tomonidan Zahiriddin Muhammad Bobur tavalludining 539 yilligi munosabati bilan universitetning  faollar zalida «Bobur kabi seving Vatanni….» mavzusida maʼnaviy-maʼrifiy tadbir bo‘lib o‘tdi.

Tadbirda talabalar Zahiriddin Muhammad Bobur hayoti va ijodi haqida to‘xtalib, Bobur ijodidan g’azallar, ruboiylar o‘qishdi va hayotiga oid sahna ko‘rinishlari orqali Bobur siymosini gavdalantirishga harakat qilindi. O’zbek tili va adabiyoti kafedrasi katta o’qituvchisi N.Jiyanova tomonidan «Boburning adabiy merosi» mavzusida qiziqarli maʼruza qilindi. Tadbir mobaynida talabalar tomonidan Boburning ruboiy va gʼazallari rus, ingliz, nemis va boshqa tillarda yoddan aytildi. Shundan so‘ng o‘zbek tili va adabiyoti kafedrasi professor o‘qituvchilari tomonidan talabalarga Zahiriddin Muhammad Bobur hayotidan tayyorlab kelgan  savollar yo‘lladi, to‘g’ri javob bergan talabalarga sovg‘alar ulashildi.

No Comments so far

Jump into a conversation

No Comments Yet!

You can be the one to start a conversation.

Your data will be safe!Your e-mail address will not be published. Also other data will not be shared with third person.

11 − one =