BUYUK BRITANIYADAGI «MARKAZIY OSIYO STIPENDIYASI 2019» DASTURIGA ARIZALAR QABULI BOSHLANDI

29.05.2019

Ma’lumot uchun: Dastur London va Edinburgda to‘rt haftalik intensiv seminarlar, munozaralar, bahslar, tashriflar va uchrashuvlar orqali davlat boshqaruvi, ijtimoiy adolat va qonun ustuvorligi masalalari bo‘yicha o‘quv va ilmiy-tadqiqot mashg‘ulotlarida ishtirok etish imkoniyatini beradi.

Jamg‘arma va uning o‘quv dasturlari haqida batafsil ma’lumotni http://www.johnsmithmemorialtrust.org/apply/faqs.aspx  saytidan topishingiz mumkin.

Jamg‘arma talablariga muvofiq, 25-35 yoshdagi yosh mutaxassislar dasturda quyidagi yo‘nalishlar bo‘yicha ishtirok etishlari mumkin:

  • siyosat,
  • davlat boshqaruvi;
  • mahalliy va mintaqaviy boshqaruv;
  • fuqarolik jamiyatini rivojlantirish;
  • ommaviy axborot vositalari;
  • qonunchilik;
  • oliy ta’lim;
  • biznesni rivojlantirish.

Grantlar dastur doirasida yashash xarajatlarini, ovqatlanish va yo‘l xarajatlarini o‘z ichiga oladi.

Tanlov jarayoni iyun va iyul oylarida bo‘lib o‘tadigan arizalar tahlili va suhbat tarzida bo‘lib o‘tadi. (Markaziy Osiyo mamlakatlari uchun ajratilgan 25 ta stipendiyalardan 6 tasi o‘zbekistonlik mutaxassislar uchun mo‘jallangan)

Tanlov natijalari avgust oyida e’lon qilinadi.

Onlayn arizalar quyidagi manzilda http:// apply.johnsmithtrust.org/ 
2019-yil 2-iyunga qadar qabul qilinadi.

Manba: eyuf.uz

No Comments so far

Jump into a conversation

No Comments Yet!

You can be the one to start a conversation.

Your data will be safe!Your e-mail address will not be published. Also other data will not be shared with third person.

one × 1 =