“BUYUK IPАK YOʼLIDА UMUMINSONIY VА MILLIY QАDRIYATLАR: TIL, TА’LIM VА MАDАNIYAT” MAVZUSIDA ILMIY-АMАLIY АNJUMАN BOʼLIB OʼTАDI

16.09.2020

Shanxay xorijiy tillar universiteti bilan hamkorlikda Samarqand davlat chet tillar institutida 2020 yil 9-10 oktyabr kunlari “Buyuk Ipak yoʼlida umuminsoniy va milliy qadriyatlar: til, taʼlim va madaniyat” mavzusida xalqaro ilmiy-amaliy anjumani onlayn tarzda oʼtkaziladi.

Xalqaro ilmiy-amaliy anjumanda yalpi majlis va quyidagi sektsiyalar ishi rejalashtirilgan:

  • Til va adabiyot nazariyasi;
  • Umuminsoniy qadriyatlarning shakllanishida milliy madaniyatning oʼrni;
  • Buyuk ipak yoʼli mamlakatlarida til, taʼlim, madaniyat va tarix mushtarakligi;
  • Xorijiy tillarni oʼrganish metodikasi va taʼlim-tarbiya nazariyasi;
  • Matnshunoslik va adabiy manbashunoslik;
  • Taʼlim jarayoniga pedagogik hamda innovatsion texnologiyalarni joriy etish.

Maqolalar: oʼzbek, rus, ingliz, xitoy va nemis tillarida taqdim etilishi mumkin.

Аnjuman ishtirokchilari maqolalarida sektsiya va maqola mavzusi, muallif (familiyasi, ismi, sharifi, manzili, telefon raqami va e-mail) maqolaning qisqacha annotatsiyasi (kamida 100 ta soʼz), kalit soʼzlar (5-6 ta) haqida maʼlumot berishlari kerak.

Ushbu xalqaro anjuman ZOOM dasturi orqali onlayn ravishda oʼtkazilishi rejalashtirilgan. Аnjuman materiallari toʼplami DOI raqamga ega boʼladi.

No Comments so far

Jump into a conversation

No Comments Yet!

You can be the one to start a conversation.

Your data will be safe!Your e-mail address will not be published. Also other data will not be shared with third person.

4 − one =