Bugun, 11-may kuni “Erasmus+ haftaligi”ga start berildi. “Erasmus+ haftaligi” joriy yilning 11-15-may kunlari bo’lib o’tadi.
Haftalikning maqsadi – Erasmus+ loyihalarining ishtirokchilari tomonidan olingan bilim, ko’nikma va tajjribalr bilan bo’lishish, loyihalar yutuq va natijalarini keng ommaga yetkazish, oliy ta’lim olishga qiziquvchi yoshlarni Erasmus+ dasturida individual ishtirok etish va oliy ta’lim tizimida dolzarb bo’lgan mavzularda bir qator mazmunli seminarlar-treninglarni tashkil etishdan iborat. Hafta davomida turli formatdagi qiziqarli tadbirlar onlayn tarzda bo’lib o’tadi.
Tashkilotchilar: Erasmus+ milliy ofisi, Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi, O’zbekistondagi Yevropa Ittifoqi Delegatsiyasi, Oliy ta’lim bo’yicha Ekspertlar milliy guruhi.
Barcha tadbirlarga linklar ijtimoiy tarmoqlardagi “Erasmus+ in Uzbekistan” sahifasida bir kun oldin berib boriladi.
No Comments so far
Jump into a conversationNo Comments Yet!
You can be the one to start a conversation.