Kuni kecha O’zbekiston davlat jahon tillari universiteti rektori I.Tuxtasinov boshchiligidagi universitet rahbariyati Ispaniyadan tashrif buyurgan o‘qituvchi Mariya Pilar bilan uchrashuv o‘tkazdi.
Uchrashuv davomida ispan tili bo‘yicha darslik, lug‘at va qo‘llanmalar yaratish, O‘zDJTU doktorantlari ilmiy ishiga maslahatchilik qilish, seminarlar o‘tkazish bo‘yicha kelishib olindi.
Shuningdek, tomonlar mahalliy o‘qituvchilar uchun master klasslar o‘tish, talabalar uchun qo‘shimcha to‘garaklar tashkil qilish, o‘quv adabiyotlari yaratish, ilmiy loyihalarni amalga oshirish kabi masalalrni muhokama qildilar.
No Comments so far
Jump into a conversationNo Comments Yet!
You can be the one to start a conversation.