MASHHUR OLIMANING SO‘NGGI MAQOLASI

18.06.2019

Britaniyalik taniqli olima Shirin Akiner (1942-2019) pokistonlik diplomat-ota va uelslik ona oilasida dunyoga keladi. Britaniya maktabida tarbiya topib, natijada ingliz tilida mukammal yozar va so‘zlar edi. 

Olima sifatida har doim O‘zbekiston bilan qiziqar edi. Rus tili hamda ikkinchi xorijiy til sifatida turk tili bo‘yicha a’lo darajali ma’lumotga erishganidan so‘ng professor Akiner London universitetining Sharq va Afrika tadqiqotlari maktabida ilmiy xodim sifatida asosan Markaziy Osiyoni o‘rgandi.

U dunyoning 20dan ziyod mamlakatlarida o‘z ilmiy ishlarini taqdim etdi. Xususan qadimiy qo‘lyozmalar, islom, gender masalalari, siyosiy o‘zgarishlar, ziddiyatlar va etnik kelib chiqish masalalari haqida yozdi. Muntazam ravishda televideniye va radio orqali chiqishlar qildi.

Doktor Akinerning yaqinlari va do‘stlari, uning shaxsiyatidagi qat’iylikni, talabchanlikni, o‘z kasbiga sitqi dildan yondashishini alohida ta’kidlaydilar. Shuningdek, yoshlarga bo‘lgan samimiy munosabati, iliqligi bilan ajralib turardi. Olima Markaziy Osiyo, turkiy va forsiy tillar, madaniyatlar bilan bog‘liq cho‘qur bilimini boshqalar bilan bo‘lishini istar edi. Shu bilan birga tabiatan hazil-mutoyibaga boyligi; hatto hayotining so‘ngi kunlarida – kasallikka qarshi olib borgan kurashish paytidagi ko‘tarinki ruhini xotiralarida uzoq saqlaydilar. Olimaning esda qoladigan fazilatlari qatorida uning yengilmas ruhiyati va kuch-qudratini alohida sanab o‘tish mumkin.

Londondagi Britaniya-O‘zbekiston Jamiyati (BUS) raisi sifatida u xalqimiz, madaniyatimiz va mamlakatimizni targ‘ib qilish borasida o‘z kuchini ayamadi. 

Doktor Akinerning 2019 yil mart oyida, ya’ni vafotidan biroz oldin yozgan so‘ngi maqolasi O‘zbekistonning media imijiga bag‘ishlanadi.

FLEDU.UZ tahririyati ushbu maqolani yuksak faxr bilan ilk bor nashr etmoqda (https://journal.fledu.uz/uz/%D1%9Ezbekiston-brendingi/).

Б. Алимов

No Comments so far

Jump into a conversation

No Comments Yet!

You can be the one to start a conversation.

Your data will be safe!Your e-mail address will not be published. Also other data will not be shared with third person.

19 + 14 =