“MASOFAVIY TA’LIM BO‘YICHA XORIJIY TAJRIBANI CHET TILI TA’LIM TIZIMIGA TATBIQ ETISH” MAVZUSIDA ANJUMAN BO‘LIB O‘TDI

15.05.2019

Chet tillarni o‘qitishning innovatsion metodikalarini rivojlantirish Respublika ilmiy-amaliy Markazi O‘zbekiston Davlat Jahon Tillari Universiteti bilan hamkorlikda O‘zbekiston Respublikasi AQSh elchixonasi ko‘magida “Masofaviy ta’lim bo‘yicha xorijiy tajribani chet tili ta’lim tizimiga tatbiq etish” Xalqaro ilmiy-amaliy anjuman o‘tkazildi. Anjuman 2019 yilning 14-15 may kunlari O‘zbekiston davlat jahon tillari Universitetining asosiy binosida bo‘lib o‘tdi.

Anjumanning asosiy yo‘nalishlari quyidagilardan iborat bo‘ldi:

• Chet tillarni o‘qitishda masofaviy ta’lim tizimini joriy etish masalalari;
• Multimedia vositalari va multimedia ta’lim mahsulotlarini yaratish hamda tatbiq qilish;
• Uzluksiz ta’lim tizimida chet tillarni o‘qitishda masofaviy ta’lim tizimini joriy etish metodologiyasi;
• Xalqaro standartlar asosida chet tillarga oid bilimni baholashning on-layn va off-layn tizimi;
• Chet tillarni o‘qitishda masofaviy ta’lim, AKT va multimedia resurslarining samaradorligi.

O‘zbekiston Respublikasi uzluksiz ta’lim tizimida chet tillarni o‘qitish darajasini oshirish maqsadida yuqorida keltirilgan muammolarning barchasi konferensiyada muhokama qilindi.

Mazkur konferensiyada respublikaning 12 ta viloyatidan 40 dan ortiq malakali ekspertlar va yetakchi til mutaxassislari, shuningdek, AQSh, Buyuk Britaniya, Malayziya, Avstriya, Germaniya, Rossiya Federatsiyasi, va boshqa chet mamlakatlardan 10 dan ortiq xorij mutaxassislari ishtirok etdi. Xususan, AQSh Elchixonasi Madaniyat va Ta’lim maslahatchisi Kristin Mishiner, Vatikan davlati kardinali va O‘zbekistondagi favqulodda elchisi Yeje Matsulevich, Xalqaro Vestminster universiteti ingliz tili mutaxassisi Mandana Arfa-Kabudvand, shuningdek Oksford Universiteti ingliz tili mutaxassisi va boshqa xorijiy Universitet, tashkilotlar mutaxassislari qatnashdilar.

Anjuman yakunida sertifikatlar, ilmiy konferensiya materiallari to‘plami tadbir tashkilotchilari tomonidan taqdim etildi.

Manba: uzspic.uz

No Comments so far

Jump into a conversation

No Comments Yet!

You can be the one to start a conversation.

Your data will be safe!Your e-mail address will not be published. Also other data will not be shared with third person.

three × 3 =