PEDAGOGIKA SOHASIDA 8 TA INSTITUT VA 2 TA UNIVERSITET TASHKIL ETILDI

24.06.2022

Prezidentning «Pedagogik ta’lim sifatini oshirish va pedagog kadrlar tayyorlovchi oliy ta’lim muassasalari faoliyatini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to’g’risida»gi 2022-yil 21-iyundagi PQ–289-son qarori qabul qilindi.

Unga ko’ra:

  • Urganch davlat universiteti pedagogika ta’lim sohasining bakalavriat ta’lim yo’nalishlari va magistratura mutaxassisliklari negizida Urganch davlat pedagogika instituti;
  • Namangan davlat universiteti pedagogika ta’lim sohasining bakalavriat ta’lim yo’nalishlari va magistratura mutaxassisliklari negizida Namangan davlat pedagogika instituti;
  • Guliston davlat universiteti pedagogika ta’lim sohasining bakalavriat ta’lim yo’nalishlari va magistratura mutaxassisliklari negizida Guliston davlat pedagogika instituti;
  • Samarqand davlat universitetining O’zbekiston-Finlyandiya pedagogika instituti negizida O’zbekiston-Finlyandiya pedagogika instituti;
  • Andijon davlat universitetining Pedagogika instituti negizida Andijon davlat pedagogika instituti;
  • Buxoro davlat universitetining Pedagogika instituti negizida Buxoro davlat pedagogika instituti;
  • Termiz davlat universitetining Pedagogika instituti negizida Termiz davlat pedagogika instituti;
  • Qarshi davlat universitetining Pedagogika instituti negizida Shahrisabz davlat pedagogika instituti;
  • Chirchiq davlat pedagogika instituti negizida Chirchiq davlat pedagogika universiteti;
  • Jizzax davlat pedagogika instituti negizida Jizzax davlat pedagogika universiteti tashkil etiladi.

No Comments so far

Jump into a conversation

No Comments Yet!

You can be the one to start a conversation.

Your data will be safe!Your e-mail address will not be published. Also other data will not be shared with third person.

3 × 1 =